Hakamlarning tarbiyaviy ahamiyati. Hakamlarning va hakamlik qilishning oliy
maqsadi nafaqat musobaqa ishtirokchilarining o‘yin qoidasiga amal qilishlarini nazorat qilish,
balki aynan shu o‘yinchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ularda o‘yin va munosabat intizomini
shakllantirish hamkorlik, bir-birlarini qo‘llab quvvatlash, o‘zaro hurmat, odob va ma’naviy hislat
va tuyg‘ularni uyg‘otish hakamlarning burchidir.
Albatta, hakam musobaqa qoidalariga, umuman voleybolga oid barcha yangilik, so‘nggi
ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi darkor. Musobaqa nizomini, o‘yinlar o‘tkaziladigan joylarning
shapt-sharoitini, meteorologik va moddiy-texnika imkoniyatlarini va hokazo masalalarni bilishi
shart.
Hakamni obro‘yi - uni kasbiy malakasida, bilimida va ayniqsa odil, adolatli hakamlik
qilishidadir.
O‘yinchilar o‘yin itizomi buzganda, musobaqa qoidalariga rioya qilmay hakam bilan
tortishsa, ularga jazo berish o‘z vaqtida amalga oshirilishi zarur.
Jazo «ayb»ga yarasha bo‘lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo‘l quysa, u o‘z vaqtida bu
xatoni bo‘yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur.
Hakam nafaqat o‘yin davomida o‘z odobi bilan namuna bo‘lishi, balki u boshqa joylarda
ham o‘zini tuta bilishi kerak.
Hakamlar:
- birinchi hakam (minbardagi hakam)
- ikkinchi hakam
- hakam-kotib
- axborot beruvchi hakam
- 4 ta chiziq hakamlari
- 6 ta to‘p uzatib turuvchilar. Hakamlarning har birini o‘z vazifasi, xuquqlari, hakamlik
qilish joylari va vositalari mavjud. Ularni atroflicha talqini ma’ruzada og‘zaki va o‘quv filmlari
yordamida bayon qilinadi, tushuntiriladi.
Musobaqa o‘yini oldidan 20-30 min maydonchani, anjom (to‘p, to‘r, maydon chiziqlari),
hakamlarni kiyim-bosh, tayyorgarligi, xullas o‘yinni o‘tkazishga nima, kim, qancha kerak bo‘lsa,
hammasini muhayyoligi birinchi hakam tomonidan tekshirilishi kerak va zaruriyat bo‘lsa
ta’minotni oshirish talab qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |