Musobaqa o‘tkazish tizimlari
Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlashdan oldin quyidagi vazifalar hisobga olinishi lozim.
Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi darajasi,
musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylashish to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
Musobaqalar aylanma, yutqazgan chiqib ketadigan va aralash tizimlar asosida o‘tkaziladi.
Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar bir-birlari bilan
uchrashishadi. Musobaqalashuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi nisbatini aylanma usul ayniqsa
ob’ektiv aniqlashga imkon beradi. Bu tizim tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar
tayyorgarligini tekshirishga va g‘oliblarni aniqlashga to‘liq imkoniyat beradi.
Aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar ko‘p vaqt talab qiladi, bu uning asosiy
zaif tomonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |