4 mavzu. Voleybol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi reja


Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana02.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#192918
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
4- maruza

Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari 

Musobaqalarning  turi  (birinchiliklar,  saralash  musobaqalari,  chempionatlar,  Kubok 

musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h) va miqyosidan (tuman, 

viloyat,  shahar, Respublika, Osiyo, Ovro‘pa, Jahon)  qat’iy nazar har bir musobaqa o‘ziga xos 

ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. 

Musobaqaning  ochilishi  va  yopilishiga  doir  ssenariyda  rasmiy  dasturlardan  tashqari  mahaliy, 

milliy  va  umumbashariy  an’analar,  rasm-rusmlar,  urf-odatlar  hamda  udumlarga  xos  turli 

ko‘ngilochar  tadbirlar  (san’atkorlar,  yozuvchi  va  shoirlar,  davlat  va  jamoat  arboblarining 

chiqishlari va h) joy olishi mumkin.  

Musobaqaning  ochilish  va  yopilish  ssenariysida  belgilangan  dastur  avvaldan  puxta  ishlab 

chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik 

jarayoni tashkil etiladi.  

Quyida  na’muna  sifatida  musobaqaning  ochilish  va  yopilish  marosimiga  doir  ssenariysi 

keltirilgan: 

- Musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sa’dolari ostida ishtirokchi 

jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi

- Bosh xakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (komanda) bilan tashkiliy qo‘mita “markazi”ga 

qaratadi  va  tantanavor  ravishda  kelib  tashkil  qo‘mita  raisiga  ishtirokchi  jamoalarning 

musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi; 

-  Tashkiliy  qo‘mita  raisi  qisqacha  musobaqaning  maqsadi  va  ijtimoiy-siyosiy  ahamiyati 

haqida gap yuritib, tabrik so‘zini fahriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxsga) 

ga beradi; 

-  Tabrik  so‘zi  yakunlanganidan  so‘ng,  bosh  xakam  ishtirokchi  jamoalar  nigohini  davlat 

bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi

- Davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi; 

-  Davlat  madhiyasi  tugab,  davlat  bayrog‘i  ko‘tarilganidan  so‘ng,  bosh  hakam  musobaqa 

ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak 

natijalar tilaydi; 

- Bosh hakam ishtirokchi jamolarni musiqa sa’dosi ostida maydondan olib chiqadi;  

-  Musobaqani  ochilishi  marosimidan  so‘ng,  musobaqa  jadvali  bo‘yicha  birinchi  o‘yinda 

ishtirok  etadigan  jamoalar  maydonga  tashrif  buyurishadi  va  musobaqa  o‘yiniga  tayyorgarlik 

ko‘rishadi. 




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling