Mavzu yuzasidan topshiriqlar
Download 16.29 Kb.
|
6. MUSTAQIL ISH (1)
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR 1. Muqobil xarajat nima? Bu ibora iqtisodiyot tushunchasi bilan qanday bog’liqlikka ega? Berilgan qaysi qarorlardan biri eng yuqori muqobillikni o’ziga qamrab oladi? Toshkent shahrining qoq o’rtasida joylashgan kvadrat shakldagi yer maydondan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi yoki xuddi shu maydondan shahar chetidagi muayyan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi? Javobingizni tushuntirib bering. 2. Yaqin kun ichida o’zingiz duch kelgan marjinal foyda va marjinal xarajat bilan aloqador bo’lgan uchta misol keltiring. 3. Iqtisodiy resurslar nimalardan iborat? Ularni tasniflashda iqtisodchilar qanday kategoriyadan foydalanadilar? Nima sababdan mahsulot ishlab chiqarish omillari ham resurslar deyiladi? Nima uchun ular xarajatlar deb nomlanadi? 4. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, teng yoshli va bir xil ta’lim olgan turmush qurgan erkaklar turmush qurmagan erkaklardan ko’proq daromadga ega bo’ladilar. Bu holatda turmush qurganlik sabab va yuqori daromad ko’rish esa oqibat degan xulosaga kelishimizga nima turtki bo’ladi? 5. O’z tanlovingizni pozitiv iqtisodiyotga oid jumla (a) bilan, keyin esa uni normativ iqtisodiyotga oid jumla (b) bilan bayon qilib bering. Aytaylik, siz mahalliy lotereya o’yinidan 15 dollar yutib oldingiz va ushbu yutuqni shirinliklar qutisi va kitob sotib olishga sarflamoqchi bo’ldingiz. Shirinliklar qutisi 0,75 dollar va kitob 1,50 dollar turadi. a. Har ikki mahsulotni sotib olish mumkin bo’lgan ehtimoliy muqobil konbinatsiyalarini tuzib chiqing. b. Ma’lumotlaringizni grafikda byudjet chizig’i ko’rinishida tasvirlang. Byudjet chizig’ining egri yoyi nima? Yana bir dona shirinlikning muqobil xarajati qancha? Bitta qo’shimcha kitobnikichi? Agar shu qo’shimcha mahsulotlar sotib olingan taqdirda, ularning muqobil xarajati oshadimi, pasayadimi yoki o’zgarmay qoladimi? c. Sotib olayotganingizda shirinlik va kitoblarning ehtimoliy kombinatsiyalari qanday bo’lar edi? d. Tasavvur qiling sizning yutuq miqdoringiz 15 dollar emas, balki 30 dollarni tashkil etadi. Diagrammada 30 dollarlik byudjet chizig’ini chib bering. Nima uchun bu chiziq avvalgisidan yaxshiroq ekan? Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling