4-mavzu: Xalq pedagogikasi va tarbiyaning hozirgi davrdagi ahvoli


Download 99 Kb.
bet1/4
Sana18.10.2023
Hajmi99 Kb.
#1708289
  1   2   3   4
Bog'liq
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy usullari


Mavzu: Xalq pedagogikasining tarbiyaviy usullari
Reja:



  1. Markaziy Osiyoda ma`rifatparvarlik g`oyalari va xalq pedagogikasi.

  2. Xalq pedagogikasi konsepsiyasi va uning o`ziga xos xususiyatlari.

  3. Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-onalar muammolari.

Markaziy Osiyoda ma`rifatparvarlik g`oyalari va xalq pedagogikasi


Xalq pedagogikasi – xalqning umumiy ma`naviy madaniyatini tashkil qiluvchi va ajralmas qismidir. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiyning “Rus xalqida tarbiya xalqning o`zi qancha vaqtdan beri mavjud bo`lsa shuncha paytdan beri mavjuddir” deb aytgan gapi to`laligicha boshqa xalqlarga ham tegishlidir. Shu bilan birga xalq pedagogikasi uzoq qadim zamonda yuzaga kelgan, ular tarixiy ilmiy pedagogikadan ilgari bo`lgan va uning ertangi shakllariga ta`sir ko`rsatgan deb hisoblaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik ilmlari rivojlanishi tarixini tahlil qilib o`rganib chiqish pedagogikaning birinchi rasmiy belgilari xalq hayoti, xalq pedagogik madaniyatining bevosita ta`siri ostida paydo bo`lganligini ko`rsatadi. Xalq pedagogikasi umuman xalqning orzu-umidlarini, uning o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o`qitish haqida tasavvurlarni ifoda etadi. Al Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Jomiy, Umar Hayyom, Sa`diy, Navoiy, Avloniy va boshqa ma`rifatparvarlarning meroslarini tahlil qilish, ularning tarbiya haqidagi umuman g`oyalari, xususan oilaviy tarbiya haqidagi g`oyalari. Xalq pedagogikasi tarixidagi ifoda etilgan g`oyalar va fikrlar bilan uzviy bog`lanib ketganligini ko`rsatadi: maqollar, matallar, ertaklar, rivoyat va afsonalarda. Ijtimoiy - pedagogik nuqtai-nazardan Farobiyning psixologiya bo`yicha, etika va estetika bo`yicha asarlari katta qiziqishga ega, insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qarab, Farobiy shaxsning ma`naviylik sifatlari ijtimoiy muhit va tarbiya ta`siri ostida yuzaga keladi deb hisoblaydi. “Inson – deb yozadi – u eng boshidan boshlab tabiatan yaxshi yoki yomon bo`lib, xuddi shunday u tug`ma to`quvchi yoki yozuvchi bo`lib tug`ulmaydi” Farobiy, Ibn Sino va Beruniy ijtimoiy - pedagogik qarashlariga katta ta`sir ko`rsatadi. Ibn Sinoning pedagogik dunyoqarashlari uning ko`plab asarlarida o`z aksini topgan. Ma`naviy tarbiya haqida gapirar ekan Ibn Sino insonda xaqgo`ylik, adolatlilik, halollik kabi sifatlarni yuksak baholaydi va “xalqning ma`naviylik xususiyatlari va adolatlilikkka chorlaydigan necha asrlik an`analarini hisobga olish kerak. Chunki adolatlilik – insonning ishlari eng yaxshi bezagidir” deb maslahat beradi. Beruniy asarlarida tarbiya haqida ko`plab ajoyib fikrlar aytilgan. “O`tgan avlodlar xotiralari” (“xronologiya”) tekshirishlarida olim-ensiklopedist turli xalqlar va davrlar kalendar sistemalarini ta`riflari bilan bir qatorda haqiqat va yolg`on, yaxshi va yomon, kamtarlik va kekkayish, bilimlililik va nodonlik, ya`ni, ma`naviylik muamolarini o`rganadi. O`rta asrning yorqin mutafakkirlaridan biri Rudakiy maqol va rivoyatlar ko`rinishidagi ko`plab poetik asarlari xalq pedagogikasini boyitib xalq og`zaki ijodiyoti durdonalari qatoriga kiradi. “U inson aqlining tubi – bu bilimdir” va “Dunyoda bilim kabi muhim meva yo`qdir deb aytadi”.
O`rta asp ijtimoiy pedagogik meroslari haqida gapirganda, Nosir Xisravning (1004-1088) “Ma`rifat kitobi” va “Baxt haqida”gi kitobning muallifi, shoir, yozuvchi va faylasuf haqida gapirib o`tmasa bo`lmaydi. “Ma`rifat kitobi”da “O`z-o`zini anglash”, “Yaxshi va yomon sifatlari” boblari bor, ular o`ziga xos o`zini tarbiyalash dasturi hisoblanadi. Muallif insonni to`g`ri yarbiyalashga halaqit qiladigan yettita (yomonlik) to`siqlarini aytadi: takabburlik, ayyorlik, berahmlik, ochko`zlik, g`azab, g`araz, shaxvatparastlik. U o`zining 7 ta “yaramas do`stlarini esdan chiqarishni” maslahat beradi, ularning o`rniga esa boshqalarini - (ulkan) yuksak, oliyjanob ular uchun kamtarlik. Halollik, sabr-toqat, oddiylik, shukronalik, sahiylik va mehribonlik asosiy hisoblanganlarini topish kerak - dedi. U nasihatlarini shunday yakunlaydi: “Bundan keyin ishonchli do`stlar bilan bo`lgan, ochko`z dushmanlardan bir umrga ajralgin.” XI-XII asrlarda xususan pedagogik talqinlar ham paydo bo`ladi, ular Markaziy Osiyo va Qozog`iston xalqlari pedagogik madaniyati rivojlanishi uchun katta ta`sir ko`rsatgan. Burxoniddin Zarshudni “O`quvchiga bilim olish yo`lidagi nasihatlari” o`ziga xos pedagogika darsligida o`qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha tavsiyalar beradi, “Bilimga intilish”, - deb yozadi olim har bir musulmonlar uchun zarur majburiyat hisoblanadi”.
O`zbek adabiyoti asoschisi hisoblangan mutafakkir taraqqiyparvar arbob A.Navoiy (1441-1501) ning pedagogik g`oyalari ahamiyati juda katta bo`ldi. O`z xalqini chuqur sevgan demokratik va insonparvarlik g`oyalari insonga muhabbat, halollik, adolatlilik, yorqin kelajakka ishonchi haqidagi xalq hikmatli so`zlari, rivoyatlari bilan bog`lanib ketadi, xalq hatto o`zining buyuk olimi haqida rivoyat, afsonalar yaratib, xalq poyetik ijodiyotini shakllantiruvchisi sifatida uning obrazini abadiylashtiradilar. Mutafakkir olimlarning, shoirlarning ko`plab nasihatlari xalqning turmushi hayot tajribalari asosida ishlab chiqilgan hikmatli so`zlari bilan juda ham aniq mos keladi: “Qiyshiq o`tirganda ham to`g`ri gapirish kerak”, “Yolg`on gapirib yashagandan ko`ra, to`g`ri gapirib o`lgan afzal”, “Agarda sen har doim to`g`ri gapirib kelgan bo`lsang keyin ham senga ishonadilar”, “Birinchi bor yolg`on gapirishdan o`zingni saqla, shunda keyingi yolg`onlarda seni fosh etishlaridan qo`rqmaysan” va shu kabilar. Do`stlik haqidagi olim va shoirlarning fikrlari xalq hikmatli so`zlari bilan mos keladi. Rudakiy dunyodagi eng katta g`am bu yaxshi do`stdan ajralish deb hisoblaydi “Agarda do`stlaring mingta bo`lsa bu kam deb hisobla”, (xalq nikmatli so`zlari), “Yigit kishi uchun ikkita do`st ham kam”. Do`st deb bilishdan oldin sen uni sinab ko`r xalqda shunday deydilar, do`st boshga tashvish tushganda, mard esa jangda sinaladi, burch esa halollik bilan. Hisrav “do`st bo`lish yaxshi ish, do`stlikka sodiq bo`lish esa buyuk ishdir` deb hisoblaydi. Xalqda “hazina izlagandan ko`ra do`stlikni saqlash yaxshiroqdir” -deyuladi. Sheroziy “yaxshi do`st aybingni yuzingga aytadi, yomon do`st ularni boshqalarga aytadi” deb eslatadi. Xalqdа «Tаnbeh berish do`stlаrning sovg`аsi» do`sting аytgаn hаmmа gaplar yahshilikdir.
Hisrav «Munofiq , kekkаygаn do`stdаn ko`rа sengа sodiq itni аfzаl ko`r» deb mаslаhаt berаdi. (Do`stning ikkiyuzlаmаligini dаvolаb bo`lmаs kаsаlikdir», «Sen ohirgi burdа noningni bo`lishib yegаnni esdаn chiqаrgаn do`st o`lsin») vа shu kаbilаr.
Shundаy qilib, Mаrkаziy Osiyo Xalqlаrining pedаgogik nuqtаyi nаzаrlаri boshqа Xalqlаrdа bo`lgаni kаbi uzoq o`tmishdа yzаgа kelgаn. Tаrbiya hаqidаgi xalq donishmаntligi hаm Xalqning ommаviy tarbiya, ko`p аsrlik pedаgogik mа`dаniyati vа tаjribаlаri ifodasi hisoblаnаdi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling