Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar boʻlmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi: - Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar boʻlmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan oʻz filiallarini aylanma mablag’lar bilan toʻldirish;
- kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
- koʻchmas mol-mulkni sotib olish va sotish;
- chet davlatlardan mablag’larni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
- intellektual mulk ob’ektlariga boʻlgan mutlaq huquqni toʻliq olish yoki sotish.
Markaziy bank valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga nisbatan: - Markaziy bank valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga nisbatan:
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida;
- to’lov balansining barqarorligiga tahdid mavjud boʻlgan hollarda Xalqaro valyuta jamg’armasi bitimining Moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy etishi mumkin.
- Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank bilan kelishgan holda valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga doir cheklovlar joriy etishi mumkin.
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. - Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
- Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million soʻm ekvivalentdan ortiq boʻlmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
- Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi banklari mustasno.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |