4-mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Download 31.41 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1321820
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu


4-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
Reja:
4.1.Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
4.2.So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
4.3.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo yetilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
4.4.Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
4.5.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
4.1.Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
Movarounnahr mo‘g‘ul urug‘lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o‘zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo‘jalik va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar mo‘g‘ullarning yetnik xususiyatlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo‘g‘ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatningayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar yetarli darajada yetib kelmagan bo‘lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya»kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko‘radi.
4.2.So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So‘fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka yerishish yo‘llarida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shari­at qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.

Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling