Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o’quv materiallarini izchil va mustahkam o’rganishga olib keladi


Download 17.27 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1153684

Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti “Xotin qizlar sporti yo’nalishi 3-bosqich talabasi Litovchenko Karrinaning Ta’lim muassasasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va uni o’tkazish usullari mavzusida yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishida jismoniy tarbiyada pedagogi jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog’liqligi bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni hal qilish haqida so’z yuritilgan hamda jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o’qitish), tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq “tanishtirish”, ”o’zlashtirish”,“mustahkamlash”,”takomillashtirish” kabi mazmunga ega bo’lgan xususiy vazifalarni qo’yish va uni hal qilishni nazarda tutilishi haqidagi fikrlar to’liq yoritib o’tilgan.
Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturida tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, o’rganilgan mashqlarni mustahkamlash, takomillashtirish, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga hamda o’rganilgan mashqlarni turli sharoitda amalda qo’llashga qaratilgan.
Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o’quv materiallarini izchil va mustahkam o’rganishga olib keladi. Ta’limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalarni hal etish uchun bir darsning o’zi kifoya bo’lmaydi. Masalan:arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda ketma-ket- ligini bir darsning o’zida texnik jihatdan mustahkamlab o’rganib olish mumkin emasligi to’laligicha yorilgan.

TAQRIZCHI ________________________________
Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling