4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar


Download 76.14 Kb.
bet6/8
Sana27.02.2023
Hajmi76.14 Kb.
#1234965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Topshiriq № 3.
Jadvalni to’ldiring.
































Topshiriq № 4.
Sharq mutafakkirlari ustoz – tarbiyachining shaxsiy fazilatlari to’g’risida maruza matn va slayd tayyorlang.

Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.


SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimiAbu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari – Abbosiylar sulolasidan bo‘lmish al-Ma’mun (813-833), al-Mu’tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li alMa’mun (813-833) davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi.
Bag‘dodda ochilgan “Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. “Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarining bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi.
“Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamossiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20-yillarida o‘zining mashhur astronomiya va trigonometriya jadvallariga doir “Zij fi ilm al-falak” risolasini yozib tugatadi.
Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy va Quyosh gardishining kattaligi, sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar yozishgan.
Al-Xorazmiy “Ziji”dan tashqari Quyosh soatlari, astrolyabiyaning tuzilishi va qo‘llanishiga oid “Kitob ul-amal bil asturlabat” (“Astrolyabiya bilan ishlash haqidagi kitob”) risolasini ham yozib, amaliy falakiyotning rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiyning bu astronomiyaga oid asarlari Quyosh, Oy va Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va ko‘l suvlari harakatini yo‘lga solishda, sel va toshqinlarning oldini olishda, olis joylarga dengiz orqali va quruqlikda safarga chiqqan vaqtda astronomik chamalashda, suvsiz erlarga suv chiqarish va suv inshootlarini bunyod etishda, qishloq xo‘jalik ishlarining boshlanishi yoki tugallash vaqtini belgilashda, dehqonchilik uchun kerak bo‘lgan mavsumiy kalendarlarni tuzishda, xalqning kundalik amaliy maqsadlari va hayotiy ehtiyojlariga hojatbaror bo‘ldi.
SHuningdek, al-Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari ma’lumotlaridan ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalarda foydalanib kelindi. Xususan, SHarqda va G‘arbiy Evropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo bo‘lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug‘ salohiyati, qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati, tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg‘or ma’rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga keng yo‘l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani) kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal qilib, deduksiya hamda umumiy usullari yordamida turli xususiy masalalarni echdi. Uning kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi.
SHuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy kashfiyotlari bilan o‘zidan keyingi butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Al-Xorazmiy ob’ektiv munosabatlarning, tabiiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish zarurligini, atrofmuhitni tadqiq etishda insonning ongi va ilm-fanning ahamiyatini yuqori baholadi.
SHularni e’tiborga olsak, o‘z vaqtida al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy fanlarning, ayniqsa, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiyaning rivojlanishiga, bu fanlarning mustaqil taraqqiyotiga to‘g‘ri yo‘nalish berishda o‘zining tutgan yo‘li bilan ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. SHu boisdan ham hozirgi zamon olimlari IX asrning birinchi yarmini “Al-Xorazmiy davri” deb atayotganlari bejiz emas.
Al-Xorazmiyning insonparvarlik g‘oyalari olimlarning vazifasi va burchi, ularning insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida aytgan so‘zlarida ham namoyon bo‘lgan: “O‘tmish davrlarda o‘tgan xalqlarning olimlari fanning turli tarmoqlari va falsafaning turli bo‘limlari sohasida asarlar yozishda tiyilmas edilar. Bu bilan ular o‘zlaridan keyin keladiganlarni nazarda tutardilar va bular tomonidan o‘zlaricha (sarf qilingan) kuchlariga munosib mukofot bo‘lar degan umid tutardilar hamda shon-sharaf va yod tutish bilan mukofotlanardilar, rostgo‘y lablardan maqtovlar aytiladi deb ishonardilar. CHunki ular fanning maxfiy sirlarini ochish uchun o‘z bo‘yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini bunga arzimas deb biladilar. Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qila olmagan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”. Mutafakkirning bu so‘zlarini ilk o‘rta asr davrida olimlar va tadqiqotchilar uchun umumiy deb e’lon qilgan axloq qoidasi (me’yori) deb qarash mumkin. Avvalo, buyuk olimning bunday axloq dasturi uning dunyoqarashini belgilab beradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘z hayotini insoniyat baxt-saodatiga bag‘ishlaydi.
SHarqning buyuk qomusiy olimi “Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu

Download 76.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling