4-modul 18-mavzu: nafas olishda sitrat kislota sikli, glikoliz shakli, pentozafasfat sikliningtutgan o’rni


Download 24.83 Kb.
bet1/2
Sana20.01.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1103639
  1   2
Bog'liq
4-MODUL18-MAVZU O\'S FIZ


4-MODUL
18-MAVZU: NAFAS OLISHDA SITRAT KISLOTA SIKLI, GLIKOLIZ SHAKLI, PENTOZAFASFAT SIKLININGTUTGAN O’RNI
Uglevodlami anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz deyiladi va uninGoxirgi mahsuloti piruvatdir. Glikolizning bosqichlari, substrat darajasida fosforirlanish. Glikolizning asosini tashkil qiluvchi reaksiyalarni shartli ravishda uchta bosqichga bo’lish mumkin.
I.Tayyorgarlik bosqichi. Bu geksozaning fosforirlanishi va lining parchalanishi natijasida ikkita fosfouchlikga aylanishidir.
II.Birinchi substratli fosforirlanish. Bu 3 fosfoglitserinaldegiddan boshlanib 3-fosfoglitserin kislotasininghosil bo‘lighi bilan tugaydi.
Aldegidning kislotagacha oksidlanishi jarayoni energiya ajralishi bilan boradi. Ushbu jarayonda har bir fosfouchlik hisobiga bir mol. ATF sintezlanadi.
III. Ikkinchi substratli fosforirlanish. Bunda 3-fosfoglitserinkislotasi ichki molekulyar oksidlanish hisobiga bir molekula fosfatni ATF sintezi uchun beradi. Binobarin glikolizning II bosqichisja ATF va NADFH hosil bo‘ladi. Glikoliz jarayonining energetikasi. Yuqorida aytib o‘tilganidek glikoliz jarayonida bir mol. glukozadan ikki mol. pirouzum kislotasi hosil bo’ladi . Shuning bilan birgalikda glikolizda 4 mol. ATF va 2 mol. NAD-H 2 hosil bo’ladi . Ammo glikoliz jarayonining birinchi bosqichida 2 mol ATF geksozaning fosforirlanishiga sarf bo’ladi . Binobarin, glikolizning substratli fosforlanishi jarayonining toza energetik balansi 2 mol. ATF moddasining hosil bo’lishidir. Bundan tashqari glikolizning ikkinchi bosqichida fosfouchlikning har bir molekulasi hisobiga bir molekuladan NADH qaytariladi. Mitoxondriylarning nafas olish zanjirida O 2 ishtirokida har bir molekula 3 mol. ATF sintezlanadi.
Derrmk, glikoliz jarayonida 2 mol. NADH hisobiga 6 mol. ATF birikmasi sintezlanadi. Bundan kelib chiqadiki, glikoliz jarayonida 8 mol. ATF sintezlanadi. Demak, glikoliz jarayonida jam i (NADH molekulasi oksidlanishi mumkin bo‘lgan sharoitda) sakkiz molekula ATF hosil bo’ladi . Glikoliz sxemasidan ko‘rinib turibdiki, inert glukoza, ATF va geksokinaza fermenti ishtirokida birmuncha faol birikma bo’lgan glukoza- 6 -fosfatga aylanadi va u fosfoglukomutaza ishtirokida izomerlanib, fruktoza- 6 -fosfatga aylanadi. U esa ikkinchi marotaba ATF va fosfofruktokinaza ishtirokida fosforirlanib, fruktoza-l, 6 –fosfatga aylanadi. Hosil bo’lgan fruktoza-l, 6 -fosfat aldolaza ta’sirida ikkita uch uglerodlibirikmaga, 3-FGA va fosfodioksiatseton moddalarini hosil qiladi. Ularning bir-birlariga aylanishi triozofosfatizomeraza fermenti ishtirokida bo’ladi . Ayrim hollarda glukoza molekulasining ikki
molekula fosfouchlikga aylanishi jarayonini glukoza oksidlanishining dixotomik yo’li ham deb ataladi. Glikoliz jarayonining asosiy bosqichlaridan biri bu uch fosfoglitserinaldegidning (3- FGA) oksidlanib, 3-fosfoglitserinkislotasiga (3-FGK) aylanishidir. Ushbu jarayonni triozofosfat degidrogenaza fermenti katalizlaydi. Uning kofermenti NAD+ birikmasidir. Fosfoglitserinaldegidning fosfoglitserinkislotasiga aylanish jarayonida ferment-substrat kompleksida yuqori energetik bog' hosil bo’ladi . ShuninGg bilan birgalikda bu jarayonda ADF va fosfat kislota ishtirok etib, ATF hosil qiladi. Ushbu jarayon substratli fosforirlanish deb ham
ataladi. Glikolizning oxirgi bosqichi-ikkinchi substratli oksidlanish natijasida hosil bo’lgan 3-FGK, fosfoglitsertmutaza ta’sirida izomerlanib, 2 fosfoglitserat kislotasiga aylanadi; 2 fosfoglitseratkislotasi tarkibidan yenolaza fermenti ishirokida o‘zidan bir mol. suv ajralib chiqadi. Ushbu reaksiya birikma tarkibidagi energiya o'zgarishlari bilan boradi. Buning natijasida esa tarkibida yuqori energiyali fosfat bog’ni fosfoenolpiruvat hosil bo’ladi . Fosfoenolpiruvat o‘z navbatida piruvatkinaza fermenti ta’sirida ADF moddasidan ATF birikmasi hosil bo’lishiga olib keladi. Fosfoenolpiruvat esa turg‘un modda bo’lgan
piruvat-pirouzum kislotasiga aylanadi. Binobarin glikolizninGoxirgi mahsuloti pirouzum kislotasidir. Biz bilamizki, hujayra ichki sharoitlarida bir molekula ATF birikmasining parchalanishi natijasida 41,868 kJ/mol (10 kkal) erkin energiya hosil bo’ladi . Demak, 8 mol. ATF moddasining erkin energiyasi 335 kJ/mol yoki 80 kkal.ga tengdir. Glikolizning aerob
sharoitdagi energetik balansi mana shu miqdorga tengdir.

Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling