4-Modul: Avtomobillarni sotishga tayyorlash va ularga kafolat davrida va undan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyalari. Reja
Download 363.91 Kb.
|
4-mvzu
Servis daftarchalari. Yengil avtomobillar uchun avtomobilsozlik kompaniyalari TX ishlarining nomi, hajmi va davriyligi (ya`ni rejimini) maxsus servis daftarchalarida (SD) keltiradi. SDlari avtomobilni sotib olishda har bir mijozga taqdim etiladi. SD larida avtomobillardan foydalanish boshlanishidan boshlab uning kamida 5-6 yil davomidagi bosib o‘tadigan yo‘lida bajarilishi mo‘jjallangan TX ishlarining nomlari keltiriladi. TX larning davriyligi va har bir TX da bajariladigan ishlar SDning talonlarida keltiriladi. Masalan, “GM-Uzbekistan” kompaniyasi avtomobillari SD sotish oldi va 24 ta talonlarni o‘z ichiga oladi va 242,5 ming km bosadigan yo‘lga mo‘jjallangan. 1-sonli talon bilan bajariladigan ishlar avtomobilning 2,5-3,5 ming km yo‘l bosgandan so‘ng, 2-sonli talon va barcha keyingilari har bir 10 ming km yo‘l bosilgandan so‘ng bajariladi. Har bir talonga tegishli xizmatdan o‘tilganda talonga xizmat o‘tilgan vaqti va bosilgan yo‘l yozib qo‘yiladi.
SD ga binoan TX ko‘rsatish aholi avtomobillari uchun xizmat ko‘rsatishning qulay shakli bo‘lib, u avtomobillarni konstruktiv o‘ziga xosligini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni aniq belgilab beradi. SHuningdek, SD qo‘llash avtomobillar egalari-ning belgilangan TX tartiblariga rioya etishlariga yordamlashadi. Yuk avtomobillari va avtobuslar uchun esa maxsus “Texnik xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llanmalar” tayyorlanadi. Ularda ham xuddi SDlari kabi TX ishlarining tartiblari, nomlari va davriyliklari keltiriladi. Masalan, “Mersedes-Bents” kompaniyasi 0-405 rusumli shahar avtobuslari uchun 1 mln km bosilgan yo‘lga mo‘jjallangan TX lar, bajariladigan ishlar va ularning davriyligi keltiriladi. Birinchi TX 2000 km yo‘l bosganidan so‘ng, so‘ngra har 15 ming km dan keyin TX ishlari bajariladi. Albatta, bu keltirilgan mehyorlar O‘zbekiston sharoiti uchunginadir. Avtomobillar ishlash sharoitlariga qarab TX ishlarining hajmi va davriyliklari keng miqyosda o‘zgartiriladi. "Uz DEU Ko" ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan "Nexia", "Damas" va boshqa turdagi avtomobillariga TXKvaT texnologik jarayonlarini tashkil etish uchun "O‘zbekston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash to‘g‘risida Nizom" (Nizom) ishlab chiqilgan bo‘lib, u asosiy hujjat hisoblanadi. Nizomga asosan ushbu avtomobillarga bajariladigan ishlarning turi va davriyligi bo‘yicha quyidagi texnik xizmat turlari bajariladi: kundalik texnik xizmat ko‘rsatish(KTXK); 500-1000 km masofa yurgandan so‘ng, yangi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish; davriy texnik xizmat ko‘rsatish (TXK); mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish(MXK). KTXKda avtomobillarning harakat havfsizligini ta`minlashga qaratilgan, hamda tozalash-yuvish, yonilg‘i quyish kabi ishlar bajariladi. KTXK ishlari avtomobillarning ishga chiqishidan avval yoki ishdan qaytgandan so‘ng bajariladi. Avtomobillarga qiska muddatdan so‘ng (500-1000 km) TXK, birikmalar, uzel va agregatlarni uzluksiz, ishonchli ishlashini ta`minlash uchun qotirish va sozlash ishlarini o‘tkazishdan iborat. Davriy TXK ishlari har 10000 km masofa yurilgandan so‘ng o‘tkazilib, unda SDda belgilangan hajmida ishlar bajariladi. "Uz DEU Ko" ishlab chikarish birlashmasining tavsiyasiga muvofiq avtomobillarni qishki va yozgi mavsumlarda foydalanishga tayyorlash MX ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi. MX bir yilda ikki marta, navbatdagi TXK vaqtida o‘tkaziladi. Xizmat ko‘rsatishning kafolatli davri 12 oydan iborat bo‘lib, avtomobilning egasi qabul qilib olgandan boshlab (12 oy ichida) avtomobilning yurgan yo‘li 20000 km dan oshmasligi hamda avtomobildan foydalanish va unga ko‘rsatilgan TXKda zavod yo‘riqnomasiga va "NIZOM"ning ko‘rsatmalariga to‘liq rioya qilinishi zarur. Kafolatli masofadan so‘ng o‘tkaziladigan TXK avtomobilni sotib olishda berilgan servis daftarchasining taloni bo‘yicha biriktirilgan avtoservis stantsiyasi(ASS)da amalga oshiriladi. Avtomobillardan foydalanish davridagi, davriy xizmat ko‘rsatishda: nazorat, qotirish, sozlash, elektrotexnika, shina, moylash-tozalash va boshqa ishlar bajariladi. Yurilgan yo‘lga bog‘liq holda, TXKda bajariladigan ishlarning strukturasi o‘zgaradi. Download 363.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling