4-Modul: Avtomobillarni sotishga tayyorlash va ularga kafolat davrida va undan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyalari. Reja


Download 363.91 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi363.91 Kb.
#1508710
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mvzu


4-Modul: Avtomobillarni sotishga tayyorlash va ularga kafolat davrida va undan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyalari.
Reja:
1. Sotish oldi texnik xizmat ko‘rsatish.
2. Kafolatli texnik xizmat korsatish.

3. Avtomobillarni xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish tartibi va qoidalari.




  1. Sotish oldi va kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish


Sotish oldi texnik xizmati avtomobillar bilan savdo qiluvchi barcha avtoservis korxonalarida bajarilishi shart. Zero sotishga qo‘yilgan avtomobillar sifati va butligi jihatidan ishlab chiqargan avtomobilsozlik kompaniyalarining maxsus standartlariga mos bo‘lishlari talab etiladi. Sotish oldi texnik xizmatining bajarilishidan maqsad-xaridorga texnik jihatdan soz va foydalanishga yaroqli avtomobilni sotishdir.
Sotish oldi texnik xizmatiga extiyoj esa avtomobillarni sotish joylariga yetkazish va saqlash jarayonlarida ular kuzovlari va salonlarining ifloslanishi, ayrim mexanizmlari va tizimlarida mayda nosozliklar paydo bo‘lishi, turli shikastlar yetishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari avtomobilni xaridorga taqdim etishdan avval uni kuzovining bahzi joylaridagi zanglashdan saqlovchi surkama moylardan tozalash, agregatlari va tizimlaridagi moy va maxsus suyuqliklar sathini tekshirish va zarur hollarda mehyoriga keltirish, barcha agregatlari va harakat xavfsizligini ta`minlovchi mexanizmlari va tizimlarining soz va ravon ishlashi tekshiriladi va zarur hollarda sozlanadi yoki almashtiriladi. SHuningdek, avtomobilning texnik hujjatlari: “Avtomobildan foydalanish qoidalari”, “Servis daftarchasi”ning avtomobilga mosligi va avtomobilni butlovchi qismlar, zaxira g‘ildiragi, maxsus asbob-anjomlari bilan ta`minlanganligi tekshiriladi. Bu xizmat avtomobilni ishlab chiqargan kompaniyalar hisobidan bajariladi. Bajarilgan ishlar sifatiga esa bu xizmatni bajargan korxona mahsul hisoblanadi. Barcha aniqlangan nosozliklar, almashtirilgan qismlar va ta`mirlash ishlari sodir bo‘lgan hollarda bu haqda maxsus qaydnomalar tuziladi va avtomobilsozlik kompaniyasiga xabar beriladi. Sotish oldi texnik xizmati maxsus ajratilgan postlarda zaruriy malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan bajariladi va avtomobilning servis daftarchasiga yozib qo‘yiladi.
Sotish oldi TX ishlarining hajmi avtomobillar modeliga qarab 1-2 ishchi - soatni tashkil etadi, “GM-Uzbekistan” kompaniyasi barcha avtomobillari uchun bu ishlar hajmi 0,77 ishchi-soat miqdorida belgilangan.



Download 363.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling