Тovar moddiy zahiralar hisobi


Download 113 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi113 Kb.
#1380693
  1   2
Bog'liq
bugalteriya (amaliy) ozod

Ishlab chiqarish zaxiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash



Reja:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
2. Materiallar harakatini hujjatlarni rasmiylashtirish


Tayanch co’z va iboralar: ishlab chiqarish zaxiralari, materiallar, xom-ashyo, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, idish va idish materiallari, inventar va xo‘jalik anjomlari.

1. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum miqdorda ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish zahiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‘zida to‘la o‘tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Korxona uchun zarur bo‘ladigan oborot mablag‘larining umumiy miqdori tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha normativlarni korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to‘g‘ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini gullab-yashnashida, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:


  • Ishlab chiqarish zahiralari harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish;


  • Ishlab chiqarish zahiralarining to‘g‘ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish;


  • Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;


  • Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.




Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun schyotlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMSga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMSga asosan tovar moddiy zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig‘imlarni, mahsulotni sertifikattsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to‘langan komission to‘lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida), shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o‘xshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga yetkazish paytida paydo bo‘lgan taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi. Masalan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlar yoki muayyan mijozlar uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar qiymati bo‘yicha xarajatlarga kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda - o‘rtacha sotib olinish bahosi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida schyotlarda hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanilishi material zahiralari har bir turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:


  1. O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli;


  2. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi xarajat, FIFO usuli;


  3. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi xarajat, LIFO usuli.




  4. Download 113 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling