Тovar moddiy zahiralar hisobi
Download 113 Kb.
|
bugalteriya (amaliy) ozod
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIFO usulida
- LIFO usulida
- 2. Materiallar harakatini hujjatlarni rasmiylashtirish
- Limit-zabor kartasi
AVECO usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo‘yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo‘yicha baholanadi, so‘ngra ikkinchi partiya bahosi bo‘yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyattsiya davrida FIFO usulidan qo‘llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo‘yicha yoziladi, so‘ngra avvalgi partiya va hokazo. Zahirada qolgan materiallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo‘yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish inflyattsiya davrida eng past foydani, deflyattsiya, ya’ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi. Bir qancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida bu usulni qo‘llash taqiqlanadi. Chunki bu usulda korxona foydasidan to‘lanadigan soliqni hisoblash bazasi kamayib ketadi. Misol. «Bobur» kompaniyasida yil davomida quyidagi materiallar sotib olindi:
Yil davomida 2800 so‘mlik material sarflandi va omborda 1400 so‘mlik material qoldi. FIFO usuli bo‘yicha materiallarni baholaymiz:
LIFO usuli bo‘yicha materiallarni baholaymiz:
AVECO usuli bo‘yicha materiallarni baholaymiz:
Eslatma. Material birligining o‘rtacha qiymati AVECO usulida quyidagicha aniqlanadi: (3310/4200)=788.8 so‘m. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanib sarflangan material tannarxi hamda yil oxirida zaxiralarga taqsimlanadigan xarajatlarni aniqlash lozim:
Yuqoridagi jadvallardan ko‘rinib turibdiki, materiallarni baholashning turli xil usullarini qo‘llash sharoitida korxonaning yalpi foydasi turlicha bo‘ladi. LIFO usuli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ni tuzish uchun ko‘proq talabga javob beradi. Ammo amaldagi bahoning oshishi yoki pasayishi sharoitida ishlab chiqarish zahiralari qiymatini joriy balansda baholash uchun unchalik maqsadga muvofiq emas va uning O‘zbekistonda qo‘llanilishiga ruxsat berilmagan. Balans tuzishda FIFO usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki ishlab chiqarish zahiralari qiymati hisobot davri oxirida joriy bahoga yaqinroq bo‘ladi va korxona aktivlarini aniq aks ettiradi. 2. Materiallar harakatini hujjatlarni rasmiylashtirish Materiallar harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni ta’minlaydi. Korxonalarga materiallarning o‘z vaqtida keltirilishini ta’minot bo‘limi nazorat qilib boradi. Ta’minot bo‘limi xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo‘yicha e’tirozlar va da’volar qo‘yish, korxonaga o‘z vaqtida yetib kelmagan yuklarni topish vazifalarini bajaradilar. Mol yetkazib beruvchilarning shartnoma shartlariga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish ishlab chiqarishni to‘xtovsiz, o‘z vaqtida davom etishini ta’minlaydi. Mol yetkazib beruvchilardan olingan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari, eng avvalo, korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ular tekshiriladi, so‘ngra o‘z vaqtida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng bu hujjatlar korxonaning ta’minot bo‘limiga topshiriladi. Har bir schyot bo‘yicha uning to‘lanishi yoki to‘lanmasligi aniqlanadi. Agar shartnoma shartlariga mol yetkazib beruvchilar to‘la amal qilgan bo‘lsa, schyotni to‘lashga rozilik beriladi. To‘lanishi lozim bo‘lgan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari materialni qabul qilish uchun omborga beriladi. Materiallar korxonaga keltirilgunga qadar hamma hujjatlar maxsus papkada saqlanadi. O‘z vaqtida yuborilmagan materiallar to‘g‘risida ombor mudiri korxonaning ta’minot bo‘limiga tegishli chora ko‘rilishi uchun xabar beradi. Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallarni ta’minot bo‘limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi idish, plomba, tamg‘a hamda materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo‘yish huquqini beradigan dalolatnoma tuziladi. Korxona o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo‘llanma hujjatlar (to‘lov talabnomasi, schyot-faktura, tovar-transport yukxatlari) oladi. Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi hamda shartnomada ko‘zda tutilgan talablarga mos kelishi nazoratdan o‘tkaziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter ekspeditorga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi. Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma - korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o‘z vakiliga beradigan hujjatidir. Korxona ishonchnomaning ikki – M-2 va M-2a shaklidan foydalanadi. M-2 shaklidan foydalanganida berish-olishlar haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma varaqasining qo‘shimcha qismiga (koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarga yozib qo‘yishga hojat qolmaydi. Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan holda beriladi, so‘ngra u M-2b shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga imzo chekadi. Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan materiallarni omborga topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o‘tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o‘tib ketgan ishonchnomalar bo‘yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man qilinadi. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo‘lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo‘lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo‘yishga ruxsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdor bo‘lmagan korxona vakillari ishtirokida tuziladi. Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Ombordan tsexlarga sarflash uchun beriladigan materiallarga limit-zabor kartalari, talabnoma hamda yukxatlar rasmiylashtiriladi. Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan xarajat qilinishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat iste’molchi tsex, bo‘lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ombordan tsexlarga materiallar muntazam berib borilsa, u holda limit-zabor kartalari qo‘llaniladi. Limit-zabor kartasi korxonaning ishlab chiqarish yoki reja bo‘limi tomonidan yoziladi. Unda shu tsex yoki uchastkaga berilishi lozim bo‘lgan material ma’lum turining oylik cheklangan me’yori ko‘rsatiladi. Cheklangan me’yor tsex yoki uchastkaning ishlab chiqarish rejasi va shu tsex yoki uchastkada materiallarni sarflash me’yori asosida aniqlanadi. Limit kartasi ikki nusxada yoziladi, bir nusxasi omborga, ikkinchisi esa tsexga beriladi. Materiallar berilgandan so‘ng limit kartasining tsex nusxasiga imzo qo‘yadi, tsex xodimi omborchining nusxasiga o‘z imzosini qo‘yadi. Omborchi har bir operatsiyadan keyin foydalanilmagan limit qoldig‘ini hisoblab chiqadi. Limit yetmagan taqdirda limitdan tashqari materiallar xarajati talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Materiallarning sarflanishi bo‘yicha limitning shu tariqa belgilanishi me’yordan ortiqcha sarflar haqida korxona rahbarlariga o‘z vaqtida xabar qilish imkonini beradi. Limit kartalarining qo‘llanilishi hujjatlar sonini kamaytiradi va ularni qayta ishlashni yengillashtiradi. Materiallarning ichki ko‘chishida, ya’ni bir ombordan ikkinchi omborga, bir tsexdan ikkinchi tsexga berilganida hamda chiqindilar omborga qabul qilinganida qabul qilish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi. Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo‘yicha hamda turli xatlar, og‘zaki farmoyishlar asosida berish taqiqlanadi. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling