4-modul: Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
Download 285.87 Kb. Pdf ko'rish
|
4AYSLCETLfm6oGHm5j5IYLVXfiftSuBDh7rIlmzD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Pedagogning moslashuvchanligi
- Dastlabki moslashuv
4-modul: Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi 1-mavzu: O‘zgarishlarga moslashuvchanlikning modellari va tiplari. Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati Reja: 1. Moslashuvchanlik haqida tushuncha 2. Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati Tayanch tushunchalar: Moslashuvchanlik, mas’uliyat, pedagogik mas’uliyat, ijtimoiy moslashuv, kasbiy moslashuv, ichki moslashuv, tashqi moslashuv, psixologik moslashuv, shaxslararo munosabat. “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el- yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz. Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag’ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog’liq”. Shavkat Mirziyoyev Moslashuvchanlik haqida tushuncha Moslashuvchanlik nima? Moslashuvchanlik inson organizmidagi biologik o‘zgarishlardan tortib, turli psixik jarayonlarning o‘zgarishlariga odamning sub’yektiv munosabati tarzida kechadi. Pedagogning moslashuvchanligi: • Ijtimoiy moslashuv • Psixologik moslashuv • Pedagogik moslashuv • Kasbiy moslashuv • Shaxsiy moslashuv Keng ma'noda moslashish deganda, odamning atrof-muhit bilan o‘zaro ta'siri jarayoni tushuniladi, bu atrof-muhitni shaxsning ehtiyojlari, qadriyatlariga mos ravishda o‘zgarishiga yoki shaxsning atrof-muhitga bog'liqligi ustunligiga olib keladi. Kasbiy moslashuv - bu “odam - professional muhit” tizimida muvozanatni o‘rnatish jarayoni, bu mehnatning samaradorligi va sifatida, odamning mehnat jarayonidan, uning natijasi sifatida, professional sifatida va jamoada o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Mutaxassisni ishlab chiqarishga kiritish bosqichlarini ko‘rib chiqishda, birlamchi va ikkilamchi moslashuv alohida ta'kidlanadi. Dastlabki moslashuv yosh xodimlarni (professional tajribaga ega bo‘lmagan) kasbiy guruh faoliyatiga dastlabki kiritish paytida amalga oshiriladi. Download 285.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling