4. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillari


Download 105 Kb.
bet1/6
Sana01.05.2023
Hajmi105 Kb.
#1418466
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy hisobotni taqdim etish


1-mavzu: Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish.
Reja:
1. Moliyaviy hisobot nima?
2. Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar qanday sifat talablarga javob berishi kerak?
3. Hozirgi paytda amalda bo’lib turgan hisobning xalqaro standartlari
4. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi
5. Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillari
6, Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar


1. Moliyaviy hisobot nima?
Moliyaviy hisobotlar – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga qaratilgan hisobotlarki, bunday foydalanuvchilar ularning axborotga bo‘lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektidan talab qila olmaydi.1
Ushbu ta’rifni qisqacha qilib, moliyaviy hisobot – korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi yagona ommaviy axborot manbasi hisoblanadi.
Boshqa bir adabiyotlarda aytilicha, moliyaviy hisobot – bu korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini ochib beruvchi hujjat hisoblanib, uning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

  1. Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot;

  2. Umumalashgan daromad to’g’risidagi hisobot;

  3. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;

  4. Xususiy kapital harakati to’g’risidagi hisobot.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi” (MHXSK) tomonidan chiqariladi. Ular Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga asosan tuzilgan hisobotlar korxonaga qarz beruvchilar, hozirgi paytdagi va potensial investorlar, shuningdek boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi tashkilotga resurslarni taqdim etish to’g’risidagi qarorlarni qabul qilishda foydali va zaruriy bo’ladigan moliyaviy axborotni taqdim etish uchun zarur.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari dolzarbligi yana quyidagilardan iborat:

  1. Investor manfaatlari yo’lida tuzilgan bo’ladi

  2. Investor uchun tushunarli bo’ladi

  3. Eng yaxshi xalqaro amaliyotga mos

  4. Ixtiyoriy kompaniyalarni taqqoslash mumkin bo’ladi

  5. Standart (belgilangan) tartib asosida tekshiriladi.


Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling