4-Moul 19-Mavzu: Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash


Download 0.66 Mb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1121972
  1   2   3   4
Bog'liq
ALLABERDIYEV SIROJ 4-MODUL 19-MAVZU


4-Moul

19-Mavzu: Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash
Reja:
1. Xromasoma genetik xaritalari
2. Mikroorganizmlar genetik xaritalari
3. Xromasomalarning genetik xaritalarini tuzish.
4. Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash
Xromosomalaming genetik xaritasi deb, muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma’lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks ettirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalaming genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‘xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar.
Genlar xromosomada ma’lum tartibda chiziq bo‘ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‘rsatadi. Shuning uchun olingan dalillarga asoslanib, genning xromosomada joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin. Genlarning xromosomada joylashgan o‘rinlarini, ya’ni lokuslarini aniqlashdan oldin mazkur gen qaysixromosomada joylashganligini aniqlash lozim, Bitta xromosomada joylashgan va birikkan holda irsiylanadigan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi. Birikish guruhlarining soni har bir turning gaploid sondagi xromosomalar to ‘plamining soniga teng bo‘lishi kerak. Ayrim hayvon va o‘simlik turlarida birikish guruhlari va xromosomalaming gaploid sonlari quyida keltirilgan.


Hamma gaploid sondagi xromosomalar - birikish guruhlarining tartib raqamlari belgilanadi. Masalan, drozofilada X-xromosoma 1-tartib raqami bilan, ikkita uzun teng elkali xromosomalari 2-va 3-tartib raqamlari bilan, eng kichik xromosoma 4-tartib raqami bilan belgilangan. Makkajo‘xorida gaploid sondagi 10 ta xromosomasi 1 dan10 gacha tartiblangan.Genetik xarita tuzish uchun dastavval har qaysi xromosoma eng kamida bitta gen bilan markerlangan (nishonlangan) bo‘lishi kerak. Genetik xarita tuzish uchun ko‘p sondagi genlarning irsiylanish qonuniyatlarini tadqiq qilish kerak. Masalan, drozofilada 500 ga yaqin gen tadqiq qilinib, ularning to‘rtta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Makkajo‘xorining 400 ga yaqin genlari tadqiq qilingan va ularning 10 ta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling