4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi
S p ye r m a t o g ye n ye z
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ontogenez
S p ye r m a t o g ye n ye z. Spermatozoit hujayrasining
hosil bо‘lishida 4 davr tafovut etiladi: 1.Kо‘payish. 2.О‘sish. 3.Yetilish. 4.Shakllanish (spirmiogenez). Organizmning embrional rivojidan boshlab jinsiy bez urug‘ naylarining eng tashqi zonasida joylashgan hujayralar- spermatogoniylarda muntazam ravishda mitoz yо‘li bilan kо‘payish rо‘y beradi. Muntazam kо‘payib turuvchi hujayralarning ikki toifasi-A va B spermatogoniylar farqlanadi. A toifadagi spermatogoniylarda rо‘y berib turgan kо‘payish (mitoz) jarayoni shu hujayra miqdorining kamaymasligini ta’minlab beradi. A spermatogoniylar о‘zak hujayra hisoblanadi. Shu hujayralarning kо‘p marta bо‘linishi bilan V spermatogoniylar hosil bо‘ladi. Balog‘atga yetish bilan mana shu V spermatogoniylarda mitoz jarayon bir necha bor sodir bо‘lib, hosila hujayralar keyingi davrga о‘tadi. Shu toifa hujayralar о‘sish davriga tayyor hujayralar hisoblanadi. О‘sish davri bilan meyozning boshlanishi sodir bо‘ladi. Profaza sо‘ngida yirik I tartibli spermatotsit hosil bо‘ladi. Bu hujayralar urug‘ nayi devorining keyingi qismiga siljiydi.
Meyozning birinchi bо‘linishi bilan, har bir shunday hujayradan gaploid xromasoma tо‘plamiga ega bо‘lgan ikkita II tartibli spermatotsit hosil bо‘ladi va spermatogenezning yetilish davri boshlanadi. Shu bо‘linishdan, keyin, ketma ket sodir bо‘lgan meyozning ikkinchi bо‘linishi natijasida, har bir II tartibli spermatotsit hujayrasi, urug‘ nayi teshigiga yaqin qismda joylashgan, ikkitadan spermatid hujayralari hosil qiladi. Bu hujayralar mayda, chо‘zinchoq bо‘ladi. Odamda meyoz bо‘linishning birinchi davri bir necha xafta davomida kechadi, II bо‘linishda esa 8 soat davom etadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling