bо‘ladi. Organizmning yirikligi va tuxum hujayrasining kattaligi
о‘rtasida hech qanday munosabat yо‘q. Odam tuxum
hujayrasining diametri 130-200 mkmga teng. Tuxum hujayrasi
urug‘langandan keyin mutakning yetilishi uchun lozim bо‘lgan
oziqa moddasi-sariqlik tutadi (ayniqsa tashqi urug‘lanuvchilar
tuxumida sariqlik mо‘l bо‘ladi). Tuxum hujayrasini maxsus
qavat о‘rab turadi. Odam tuxumi hujayrasida hujayra yaltiroq
qavatga va uning atrofida tuxum hujayrasining oziqlanishida
ahamyatga ega bо‘lgan follikula epiteliy hujayralar qavati
mavjud. Hujayra chekasi bо‘ylab kortikal (pо‘stloq) qavat bilan
о‘ralgan.
Mavjudodlarning tuxum hujayralari ichidagi sariqlikning
miqdori uning sitoplazmadagi о‘rniga kо‘ra turlicha bо‘ladi.
Qanday tuxum hujayra urug‘langaniga qarab maydalanish,
blastulaning tuzilishi va gastrulyatsiya jarayonlarining har xil
turlari sodir bо‘ladi. Tuxum hujayrasidagi sariqlik miqdoriga
kо‘ra 3 guruh urg‘ochi gametasi tafovut etiladi:
1.Sariqlik kam (oligoletsital) tuxum hujayra.
2.Sariqligi о‘rtamiyona (mezoletsital) tuxum hujayra.
3.Sariqlik kо‘p (poliletsital) tuxum hujayra.
Sariqlik kam bо‘lgan tuxum hujayralari sodda xordalilardan
lansatnik hamda deyarli barcha sutemizuvchilar, jumladan odam
tuxumiga xosdir.