4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi


Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#248843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ontogenez

 

Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi 

  Ba’zi  genlar  hamma  hujayralarda  faoliyat  kо‘rsatadi. 

Masalan,  nafas  olish,  membranalarning  о‘tkazuvchanligini 

ta’minlovchi,  ATF  sintezi  va  boshka  umumiy  xususiyatlarpi 

boshkaradigan genlar shular jumlasidandir. 

  Ba’zi hujayralarda esa genlarning ba’zilari faoliyat kо‘rsatadi. 

Ya’ni har bir hujayra о‘zining faol genlari tо‘plamiga ega. 

  Hujayralarning ixtisoslashuvi qancha kuchli bо‘lsa, ulardagi 

aktiv genlar soni ham shuncha kam bо‘ladi. Masalan, eritrotsitlar 



hujayralari  faqat  bitta  vazifani-qanddagi  gemoglobin  oqsilida 

bog‘langan kislorodni tashish funksiyasini bajaradi. 

  Bu 

hujayralarning 



differensiatsiyasi 

natijasida 

faqat 

gemoglobinni  hosil  qiluvchi  genlargina  faolligini  saqlab  qoladi. 



Organizmning  hamma  hujayralarida  gemoglobin  bо‘lmaganligi 

sababli,  ularda  bu  oqsilni  sintezini  boshqaruvchi  genlarning 

aktivligi susaygan bо‘ladi. 

  Organizmlarning  individual  rivojlanishi  davomida  bir  xil 

hujayralardan  morfologik  belgilari  va  tо‘qima,  organlardagi 

funksiyalari  bilan  farq  qiladigan  hujayralarning  hosil  bо‘lishiga 

ularning differensiatsiyasi deyiladi. Organizmning differensiatsiyasi 

asosida  genlarning  har  xil  aktivligi  yotadi.  Ya’ni  ixtisoslashgan 

hujayralarda  genlarning  cheklangan  guruhi  faoliyat  kо‘rsatadi, 

boshqalarining faoliyati esa cheklanadi. 

  Genlar  faoliyati  va  faolligiga  quyidagi  misolni  keltirish 

mumkin. Tо‘qimalari tirik bо‘lishi va nafas olishiga qaramasdan, 

yangi  kovlab  olingan  kartoshka  tuganaklarining  "kо‘zchalari" 

tinim holatida bо‘ladi. Bu davrda ular о‘smaydi. Bu tо‘qimalarda 

DNK  replikatsiyasi  va  fermentlar  sintezini  boshqaruvchi, 

Ya’ni  hujayralarning bо‘linishini boshqaruvchi RNK sintezining 

tuxtashi  bilan  bog‘liq.  Bunday  tuganaklarga  gormon-gibberillin 

kislota  ta’sir ettirish bilan RNK sintezini boshkaruvchi genlarning 

faoliyati aktivlashadi va о‘sish jarayoni boshlanadi. 



  Tirik organizm о‘z-о‘zini boshqaradigan va takrorlaydigan 

biologik tizim ekanligi. 

  Bunday  tizimning  mavjudligi  va  faoliyati  о‘zi  uchun  kerakli 

energiya  va  moddalarni  oladigan  tashqi  muhit  bilan  munosabati 

asosida ta’minlanadi. 

  Umuman,  tirik  mavjudotlariing  mavjudligi  va  rivojlanishi 

genlar  dasturi  asosida  yuz  bsradigan  nuklein  kislotalar  va 

oqsillarning  yangilanib  turilishi  bilan  bog‘liq.  Shu  bilan  birga, 

shu  genlarning  mavjudligi  va  faoliyati  ham  shu  oqsillar  bilan 

bog‘liq (genlar ma’lum organizmlarda shakllanadi). 

  Organizmlardagi boshqarish mexanizmlari har xil tashqi va 

ichki  ta’sirlarga  reaksiyasi  sifatida  ichki  muhit  doimiyligini 

(gomeostaz) ta’minlashni boshqarishga qaratilgan. 

  Gendan  axborot  RNK  orqali  sitoplazmaga  о‘tadi.  Shu  bilan 

birga,  gen  DNKning bir qismi  sifatida oqsil-gistonlar bilan birga 

xromosoma  tarkibiga  kiradi.  Xromosomalar  esa,  о‘z  navbatida 

yadroda  bо‘lib,  u  hujayradagi  sitoplazmada  mavjud.  Bir  xil 

hujayralar  tо‘plami  tо‘qimani  tashkil  etadi.  Tо‘qima  esa 

organizmning ajralmas qismidir. 

 

 



 


 

 

 



 

 



  Shuning  uchun,  butun  organizmning  tashqi  muhit  bilan 

munosabati  jarayonida  uning  gomeostazi  va  boshqarish 

mexanizmi shakllanadi. 

  Bir  necha  yuz  yillar  davomida  organizmning  individual 

rivojlanish  davrida  shakllangan  belgi  va  xususiyatlarning 

avlodlarga  berilishi  tо‘g‘risidagi  masala  eng  murakkab  va 

munozarali bо‘lib kelgan. 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling