4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi
Ontogenez va uning bosqichlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ontogenez
Ontogenez va uning bosqichlari
Hayotning boshlang‘ich nishonalari bо‘lmagan erkak va urg‘ochi jin-siy hujayralarning qо‘shilishidan yangi organizm rivojlanishi mumkin bо‘lgan zigotaning hosil bо‘lishi tirik tabiatning mо‘jizalaridan biridir. Uruglangan tuxum hujayraning bir necha marta mitoz bо‘linishidan sо‘ng yangi organizmning organlari, belgi va xususiyatlari rivojlanadi va nihoyat yapgi organizm dunyoga keladi. Bu jarayonlarni о‘rganish genetikaning qiyin, lekin muhim vazifalaridan bо‘lib hisoblanadi. Organizmning individual rivojlanishi ontogenez deyiladi va bu davr urug‘langan tuxum xujayra zigota xrsil bо‘lganidan, organizmning tabiiy nobud bо‘lgunicha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi.
Ontogenez organizm va tashqi muhitning о‘zaro munosabati natijasida shakllangan tarixiy jarayondir. Bu jarayon tanlash va tanlanish natijasida organizm genotipida mustahkamlanadi. Shunday qilib, individual rivojlanishi genotip asosida tashqi sharoit ta’siri ostida amalga oshadi.
Ontogenez kо‘p yillar organizmning nasl almashinishi davomida takrorlanib keladi. Shuping uchun har bir organizmning ontogenezida uning tarixiy rivojlanishi, Ya’ni filogenezini kо‘rish mumkin. Filogenez deb, organizmning turi paydo bо‘lganidan hozirgacha bо‘lgan tarixiy rivojlanish davriga aytiladi. Ontogenezda somatik tо‘qimaning hujayralari tabaqalanish bosqichini о‘tab, avval о‘xshash bо‘lgan hujayralar, keyin esa bir- biridan
farq qiladigan hujayralarga bо‘linadi. Natijada organizmning tashqi kо‘rinishi va ichki tuzilishi, morfologik hamda fiziologik xususiyatlari о‘zgaradi. Bu hodisaga birinchi bо‘lib I.V.Michurin e’tibor bsrdi. Ya’ni muayyan sharoit yaratish bilan duragaylarda ba’zi belgi va xususiyatlarni rivojlantirish mumkinligini isbotladi. Shunga asoslanib, u duragaylarii tarbiyalash bilan yangi navlarni yaratishda foydalandi. Ontogenezni о‘rganishdagi muhim masalalardan biri genlarning harakat mexanizmini о‘rganishdir. Har bir organizm hujayralarida genlarning miqdori bir xil bо‘lsa ham ularning faoliyati turlichadir. Bu muhim masala genetikada genlarning organizm rivojlani-shining har bir bosqichida maxsus oqsillar sintezidagi funksiyasini о‘rganish asosida о‘rganilmoqda. Hamma organizmlarning individual rivojlanishini, Ya’ni ontogenezga ketma-ket keladigan quyidagi bosqichlarga bо‘lish mumkin:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling