4. Pul nazariyalari
Download 23.04 Kb.
|
4.Pul nazariyalari
4.Pul nazariyalari Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‗lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni ―tovarli‖ va ―tovarsiz‖ konsepsiyalarga ajratish mumkin35. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e‘tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e‘tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‗rinishi kabi belgilariga e‘tibor qaratiladi. Albatta, pul nazariyasining ko‗p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‗p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e‘tirof etilgan. E‘tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta‘limotlari va g‗oyalari juda ko‗p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‗lab turadilar, ular o‗rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta‘minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‗lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta‘minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‗rtasidagi ayirboshlashni ta‘minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Ma‘lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya‘ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma‘lum qiyinchilik va qo‗shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan ―maxsus tovar‖ bo‗lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‗lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan bog‗liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o‗rganiladi. 3.1. Pulning metalliknazariyasi P ulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlabkapitalning boylik sifatida jamg‗arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‗irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv (ijobiy) rol o‗ynadi. Bu nazariyalar o‗sha davr ruhi va vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks 35 Деньги. Кредит. Банки: учеб, – 2 изд., перераб. и доп. / под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, Изд – во Проспект, 2008. –С. 224. ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‗lib chiqdilar.Bunazariya o‗sha davr kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi. Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‗arishga bo‗lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o‗rganishlariga sabab bo‗ldi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi. Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarinibajaradi deb hisoblaredilar. Ma‘lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar o‗zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pulnazariyasini qo‗llab – quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‗oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta‘limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya‘ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta‘limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo‗lib, ular o‗z qiymatlarini yo‗qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deyata‘kidlaydilar. Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning ko‗payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko‗ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya‘ni qanchalik ushbu metallar sifatli bo‗lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‗ladi. Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. Xulosa Monetatarkibinibuzish(monetaningog‗irlikmiqdorinikamaytirish)gaqarshi kurashda progressiv rol o‗ynadi. Bu nazariyalar o‗sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‗lib chiqdilar. Bu nazariya o‗sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford (1554-1612 y.) edi. U o‗z qarashlarini o‗zining Londonda 1581 yilda chopetilgan «Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada bu ta‘limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling