4-sinf ona tili darslarida o'quvchilarni bayon yozishga o'rgatish


Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi


Download 203.5 Kb.
bet2/9
Sana11.01.2023
Hajmi203.5 Kb.
#1089370
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 SINF ONA TILI DARSLARIDA O\'QUVCHILARNI BAYON YOZISHGA O\'RGATISH

Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi. O’tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma`lum kontseptsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarnnng aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar yozgan o’g’it-nasihat va hikoyalar; qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya`ni badiiy asarlardir. K.D.Ushinskiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Davoniy, A. Navoiy, Muhammad Bobur, Farog’iy, Boborahim Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Avloniy va boshqa mutafakkirlar.
Kurs ishi mavzusining maqsadi : Bayon - bu matnni o’qib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqiladigan yozma ish turlaridan biri bo’lib, u o’quvchilaming fikrlashlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mazkur so’z ham arabcha bo’lib, “ifodalash”, “yoritish” va “bildirish” mabnolarini anglatadi hamda 2-sinfdan boshlab o’quvchilar bayon yozishga o’rgatiladi. Pedagog olimlaming fikricha, bayon yozishdan maqsad o’qilgan matnni butun detallari va bog’lanishlari bilan o’quvchilar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini o’zlashtirish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifasi : Shu ma’noda bayon yozma ishi quyidagi asosiy vazifalami bajaradi:
-o’quvchining muayyan matnni tushuntirish ko’nikmasini shakllantirish;
-о ’quvchini tahlilga о ’rgatish; o’quvchining xotirasini mustahkamlash;
-о ’quvchining yozma nutqini tarkib toptirish.
Kurs ishi mavzusining predmeti: Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’qituvchi faoliyati
Kurs ishi mavzusining obyekti : Boshlang’ich sinf ona tili nazorat ishi o’tkazish jarayoni.Oldimizga qo'ygan muammoni o'rganish uchun tadqiqotni o’tkazish obyekti qilib, 4-sinf o'quvchilarini tadqiqot o’tkazish obyekti qilib oldik. Ushbu obyektda boshlang'ich sinf ona tili nazorat darslarini va tekshirish tartiblarini o’rgandik.

Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling