4-sinf ona tili darslarida o'quvchilarni bayon yozishga o'rgatish


Download 203.5 Kb.
bet1/9
Sana11.01.2023
Hajmi203.5 Kb.
#1089370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 SINF ONA TILI DARSLARIDA O\'QUVCHILARNI BAYON YOZISHGA O\'RGATISH


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TA`LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YOʻNALISHI
9-1 BTUS – 19 GURUH TALABASI
NAVRO'ZBOYEVA HILOLANING
ONA TILI O`QITISH METODIKASI
FANIDAN
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI BAYON YOZISHGA O'RGATISH” MAVZUSIDAGI
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: _________________


BUXORO-2022


4-SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI BAYON YOZISHGA O'RGATISH




REJA:
KIRISH
I Bob. BAYONNING UMUMIY TASNIFI, BAYON HAQIDA TUSHUNCHA 1.1. Bayon - bolalar nutqini o‘stirish omili.
1.2. Ona tili darslarida husnixat daqiqalarini oʻtkazish.
II Bob. BOSHLANG‘ICH SINFLARGA BAYON O‘RGATISHNING AHAMIYATI
2.1. Bayon va inshoning o‘zaro o‘xshashligi.
2.2. Bayon va insho yozishga o‘rgatish metodlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon O’zbekiston pedagogikasida savodxonlik tushunchasining mabnosi keng tushinilmoqda. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli “O’zbekistorming yangi taraqqiyot davrida ta’lim, tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida “o’quvchilami kelgusi hayotga tayyorlash” vazifasi qo’yildi, Bu vazifa boshlang’ich sinf o’quvchilaming savodxonlik asoslarini shakllantirish tushunchasida ularni “hayotga tayyorlash”ni ham nazarda tutishni taqazo etadi. Bunday yondashuv “Savodxonlik” tushunchasini quyidagicha idrok etishni ko’rsatadi:boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish, yozish, hisobga o’rgatish va ularni hayotga tayyorlash.
O’zbekistonda ilm-fan, iqtisodiyotni rivojlantirish va yosh avlodning kamoloti uchun asos bo’ladigan Uchinchi Renessansni barpo etish jarayoni boshlandi. Mamlakatimizda Birinchi Renessans esa IX-XII asrlarda, Ikkinchi Renessans XIV- XV asrlarda kechganligi va Uchinchi Renessans esa XX asr I choragida jadid mabrifatparvarlari tomonidan boshlanganligi ma’lum.
Yangi O’zbekiston sharoitida Uchinchi Renessansni to’liq barpo etish va bunda boshlang’ich ta’lim ham yuksak talablarga mos bo’lishi talablari qo’yildi. Chunki “boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy vazifasi 1-4-sinf o’quvchilariga bilim berish, ulami tarbiyalash va ko’nikmalarini shakllantirish masalalarini qamrab oladi hamda unda ta’lim oluvchilaming aqliy, mabnaviy hamda jismoniy kamol toptirishning ilk bosqichini” amalga oshiriladi. Bunda boshlang’ich ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish kerak.

Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling