4-sinf ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari. Diktantlar maqsadiga ko`ra ikki turga bo`linadi
Download 228 Kb.
|
4-sinf nazorat ishlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-nazorat ishi, Diktant
- 2- nazorat ishi .Diktant.
- 4-nazorat ishi. Diktant
- 6- nazorat ishi. Diktant
- 9- nazorat ishi. Diktant
- 11-nazorat ishi. Diktant
- 12- nazorat ishi. Diktant
- 14- nazorat ishi. Diktant
- 16- nazorat ishi. Diktant
- 17- nazorat ishi. Diktant
- 18-nazorat ishi, Diktant
- O`qish fanining maqsad va vazifalari
- 1- nazorat ishi . Yod aytish
- 2- nazorat ishi. Hikoya yozish
4-sinf ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari. Diktantlar maqsadiga ko`ra ikki turga bo`linadi. 1.Ta`limiy diktant 2. Tekshiruv diktant Boshlang’ich sinflarda ta’limiy diktantning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin. 1.Lug’at.diktant 5. Ta’kidiy diktant. 2.Saylanma diktant. 6. Izohli diktant. 3.Ko’rsatuv diktanti 7. Ijodiy diktant. 4.Yoddan yozuv diktanti 8. Erkin diktant. Tekshiruv diktanti. Tekshiruv diktant o’quv dasturining biror bo’limi o’rganilib,xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganini sinash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiruv diktant uchun matnlardangina emas, balki o’rganilgan qoidalarni o’z ichiga olgan alohida terma gaplardan ham foydalanish mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi soz’lar soni DTS talablariga mos bo’lishiga e’tibor berish lozim. Tekshiruv diktanti uchun tanlangan matnda so’zlar soni DTSga ko’ra quyidagicha bo’lishi lozim:
1-nazorat ishi, Diktant Insho
O`qituvchimiz bizga muhim topshiriq berdilar. Eng mazmunli insho yozish uchun harakat qilishimizni aytdilar. Insho mavzusi: “ Yaxshi dam, mehnatga hamdam”. U mavzu juda qiziqarlidir. Har kim o’z ko`rganlari, o`qiganlarini misollar bilan yozishi kerak. Eng yaxshi yozilgan inshoga o`rin berilar ekan. (40 ta so’z) Topshiriq: Matnda nechta gap bor? Bu gaplar qanday gaplar deyiladi?
Oq oltin
Qishlog`imiz dalalariga paxta ekiladi.Kuzda yer traktor bilan o`z vaqtida haydaladi. Qishda dalaga o`g`it solinadi. Ariqlar tozalana-di. Dala ekishga tayyorlanadi. Dehqonlar bahor kelishi bilan saralangan chigitlarni ekadilar. Chigit unib chiqqach, g`o`za sug`oriladi, parvarish qilinadi va yaganalanadi. Hozir sentabr oyi. Yaqinda “oq oltin” durdonalari yig`ib-terib olinadi. Paxta yurtimiz boyligi. ( 51 ta so’z) Topshiriq: Gapdagi uyushiq bo`laklarning tagiga chizing.
Kuzda
Reja 1.Kuz faslida ob-havoning o`zgarishi. 2.Kuzda tabiatdagi o`zgarishlar. 3.Kuzda dehqon va bog`bonlarning yumushlari. 4-nazorat ishi. Diktant Bahs
Bir kuni bolalar bahslashib qolishdi.Ular dunyoda eng kuchli narsa nimaligi haqida o`z fikrlarini ma`qullamoqchi bo`ldilar. Anvar samolyot kuchli desa, Ma`ruf traktor kuchli derdi. Malik yuk mashinasi kuchli desa, Zokir teplovoz kuchli der edi. Ular uzoq vaqt tortishdilar.Ularning oldiga Mahmuda kelib qoldi. U sinfdoshlarining fikrlarini ma`qullamadi.Hamma narsadan odam kuchli ekanligini tushuntirib berdi.Demak, inson barcha narsadan kuchli ekan. ( 61 ta so`z) Topshiriq: Uyishib kelgan kesimlarni toping. 5-nazorat ishi Test
1.Gapni belgilang. A) Aql bilan odob – egizak. B) Qor, yotmoq, bahor, issiq. D) O’simlik, yalpiz, xushbo’y. 2.Qaysi gaplarda imlo xatolarga yo’l qo’yilgan? A)Tikuvchi atlas ko’ylak tikdi. B)Qishdan keyin qaysi fasl boshlanadi. D)Osmonni qora bulut qopladi. 3.So’roq gaplarni belgilang. A)Sen qaysi kitobni o’qiyapsan. B)Eh,yoz qaanday ajoyib fasl. D)Kitobdan yaxshi do’st yo’q. 4.Uyushiq bo’lakli gaplarni belgilang. A)Unumli mehnat-keltirar davlat. B)Men,Sanjar vca Sardor ovga chiqmoqchi edik. D)Odamning yuzi oftobdan issiq. 5.Kesim uyushib kelgan gaplarni toping. A)Biz to’g’rilikni,vijdonlilikni,mehnatni sevamiz. B)Sinfimiz o’quvchilari maktabda,uyda,ko’chada barchaga o’rnak bo’lyaptilar. D)Kombayn o’radi,yig’adi,yanchadi,tozalaydi. 6Chizmaga mos gapni tanlang. _____, _____, _____va_____ . A)Musicha inidan uchib chiqibdi. B)Laylak,kakku,qaldirg’och va turnalar uchib keldi. D)Kitobni ko’p o’qing va seving. 7.Undalmali gapni belgilang. A)Bolalar rasm soldilar. B)O’quuvchilar! Bilimlarni qunt bilan egallangiz. D)Odobli bola elga manzur. .Gapning bosh bo’laklarini belgilanng. A) ega. B)kesim. D)a va b. 9.Berilgan gapdagi bosh bo’laklarni aniqlang.Bolalar bog’da pishib yetilgan mevalarni termoqdalar. A) bolalar termoqdalar. B) pishib yrtilgan mevalarni. D) bog’da. 10.O’zbek tilde nechta undosh tovush bor? A) 6ta. B) 23ta D) 24ta. 11.Jarangli so’zida nechta harf va tovush bor? A) 9ta harf 9ta tovush. B) 6ta harf, 7ta tovush. 7ta harf yettita tovush. 12.Bo’g’in ko’chirish qaysi so’zlarda noto’g’ri bajarilgan? A) si-ngil. B) tar-tib. D) ko’n-gil. 13. So’z yasovchi qo’shimchali so’zni toping. A) tuzli. B) bahorda. D) kitobga. 14.So’z o’zgartuvchi qo’shimchali so’zni aniqlang. A) binokor. B) qalamning. D) guldon. 15.Nuqtalar o’rniga x harfi yoziladigan so’zni belgilang. A) e…tiyot. B) ra…m D) poyta…t. 16.O’zagi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuv. B) yozuvchi. D) yovuz. 17.Nuqtalar o’rniga fel yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying. A) bolalar, vaqtdan unumli foyda…ning. A) –la. B) –illa. D)- di.
.Sifat qandy so’roqlarini belgilang. A) kim, nima? B) qancha nechta? D) qanday, qanaqa? 19.So’z yasovchi qo’shimchalarni belgilang._________________ 20So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni ko’rsating. ____________ 21.Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing._________ 22.Qanotli do’stlarimizga ozor bermang. Gapidagi sifatnini toping. _____________________________________________________. 23.Felga misol yozing. _________________________________ 24.Tushum kelishigining so’rog’ini yozing._________________ 25.Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima deb ataladi? ________
G`anijon shaxmatchi Ga`nijon juda yoshligidan shaxmat o`ynashga qiziqardi. Uning otasi va akalari shaxmat ustasi edilar. G`anijon doimo ularning o`yinlarini kuzatib borardi.Ko`pincha, akasiga o`rgatishni iltimos qilardi.Akasi ukasiga qanday qilib raqibiga hujum qilish yo`llarini qunt bilan o`rgatardi. G`anijon shaxhmat o`yinini o`rganib oldi. Keyinchalik maktabdagi shaxmat-shashka to`garagiga ham qatnasha boshladi. Hozir u shaxmat ustasi.O`rtoqlari uni G`anijon shaxmatchi deyishadi.Shaxmat ham qiziqarli sportdir. ( 63 ta so`z) Topshiriq: O`zakdosh so`zni toping va belgilang. 7- nazorat ishi. Bayon Chumchuq Reja 1.Dadam rayhonlarni qo`riqlashni menga topshirdi. 2.Chumchuq-rayxon o’g’risi. 3.Chumchuq iniga ilingan rayxonlar. 4.Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan.
Qish
Har faslning o`z fazilati va o`ziga xos xislati bor. Qish fasllar ichida chiroyga boy, go`zal fasldir. Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo musaffo, yoqimli bo`ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,to`ymaydi.Qish tongi kishiga o`zgacha orom beradi. Quyosh tog`lar ortidan qizarib chiqadi. Qorlar mayda zarralardek, turli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. Ular xuddi xayol surib turganday tuyuladi.Bu faslda bolalar turli o`yinlar o`ynab quvonadilar. ( 68 ta so`z) Topshiriq: Bosh kelishikdagi otlarni tagiga chizing.
Test.
1.Gapning oxiriga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) nuqta. B) so’zroq. D) nuqta,so’roq,undov. 2.O’zbekiston taraqqiyot yo’liga chiqdi Gapning maqsadga ko’ra turini aniqlang. A) darak. B) so’roq. D) buyruq. 3.Qaysi gapda qarama-qarshi ma’noli so’z mavjud? A) Ko’p o’qigan ko’p biladi. B) Yahshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. D) Olim bo’lsang olam seniki. 4.Biz barcha fanlarni qunt bilan o’rganmoqdamiz. Gapning bosh bo’laklarini belgilang. A) fanlarni o’rganmoqdamiz. B) barcha fanlarni. D) biz o’rganmoqdamiz. 5.Ma’no jihatdan bo’glanmagan so’z qatnashgan gapni toping. A) Kuz faslida qovun, tarvuz kabi mevalar g’arq pishdi. B) Asalari guldan gulga qo’nib bol yig’ardi. D) Men kelajakda chagerachi bo’lib vatanimni qo’riqlayman. 6.Uyushiq bo’laklar ohang yordamida bog’lansa qanday tinish belgisi qo’yish kerak? A) vergul. B) ikki nuqta. D) nuqtali vergul. 7.Ikkinchi darajali bo’lak uyushib kelgan gapni belgilang. A) nodir she’rni o’qidi va yodladi. B) Nozikkina, chiroyli kapalak yguzorimda uchib yurardi. D) olma,behi,yong’oq kabi mevalar foydali ekanini bilasizmi? .Matn haqidagi noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning og’zaki shakli. B) matnga sarlavha qo’yish mumkin. D) matn mazmun jahatdan bog’langan gaplardan tuziladi. 9.Birinchi shaxs egalik qo’shimchalarini belgilang. A) –m, -im,-miz,-imiz. B)-ng,-ing,-ingiz. D) –I,-si-lari. 10.Yasama otlar berigan qatorni toping. A) kitobga,maktabdan.binpkor. B)bo’yoqchi, guldon,bog’bon. D)elim, chiroying, suhbati. 11.Son so’z turkumi qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A)qanday,qanaqa? B) kim,nima? D) qancha nechta. 12.Bo’lishsiz fel qatnashgan gapni toping. A) havo bulut bo’ldi, lekin yomg’ir yog’madi. B) dam olish kuni sayrga chiqdilar. D) Ahror kuchugiga Olapar deb ism qo’ydi. 13.Sanoqni bildirgan son qatnashgan gapni belgilang. A) tovug’im sakkizta jo’j a ochdi. B) men to’rtinchi sinfda o’qiyman. D) ukam ikkinchi bolalar bog’chasida tarbiyalanadi. 14.Yangi so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday nomlanadi? A) so’z ozgartuvchi qo’shimcha. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) kelishik qo’shimcha. 15.So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A)egalik qo’shimchasi. B)so’z o’zgartuvchi qo’shimca. D)o’zak. 16.Qaysi bo’laklar gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi? A)bosh bo’laklar. B)ikkinchi darajali bo’laklar. D)a va b to’g’ri. 17.Quyosh bulutlar ortidan ko’rindi.Kesimga so’roq bering. A)nima? B)nima qildi? D)qanday? 1 .Men Vatanimni ko’z qorachig’iday asrayman.Ushbu gapga mos chizmani belgilang. A)____ _____ _____ _____ ______. B)_____ _____ ______ _______. D).____ ____ ____ ____. 19. Salima uy ishlarida onasiga ko’maklashadi.Gapning egasini toping. ______________________________________________. 20. Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi?___________. 21.Sifat so’z turkumi so’roqlarini yozing.____________________. 22.Fe’l so’z turkumidagi so’zlar gapda qanday vazifani bajaradi? ______________________________________________________. 23.Sanoq sonlarga qanday qo’shimcha qo’shish orqali tartib son hosil qilinadi?__________________________________________. 24.Hadya so’ziga yaqin ma’noli so’z toping.__________________. 25.Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing.____________.
Tabib
Reja _______. 1.Ibn Sino saroyga keldi. 2.Ibn Sinoning istagi. 3.Podsho qoyil qoldi. 11-nazorat ishi. Diktant Qirda
Bahorning oxirgi haftasi edi. Qirda mayin shabada esmoqda. Birdan momaqaldiroq gumburladi. Chaqmoq chaqdi. Yomg`ir yog`a boshladi. Cho`pon bobo qo`ylarni qo`raga haydadi. Nabirasi Islom ko`rinmay qol-di. Bobo uni yomg`irdan qo`rqib uyga ketgandir deb o`ylab, ho`l bo`lgan kiyimlarini almashtirdi va chodirdan tashqariga chiqdi. Uzoqdan yangi tug`ilgan qo`zichoqni ko`tarib Islom kelardi.Ona qo`y qo`zichoqni yalamoqchi bo`lib, Islomning atrofida ma`rardi.Islom qo`zini cho`pon bobo oldiga qo`ydi. Cho`pon bobo nabirasiga mamnun bo`lib qaradi. ( 70 ta so`z) Topshiriq: Kelishik qo`shimchalarini olgan so`zlarni kelishiklar tartibi bo`yicha yozing.
Gulzor
Hovlimizda gulzor bor.Erta bahorda sap-sariq bo`tako`z , qip-qizil lola, may oyida esa oq va qizg`ish atirgul ochiladi.Hovliga kirishingiz bilan xushbo`y hid dimog`ingizga uriladi. Tong chog`ida bulbullarning yoqimli sayrashi kishi diliga huzur beradl. Quyosh nurida gul va barglardagi shabnam yiltiraydi . Gulzor chetida katta, baland supa bor.Ertalab va kechqurun supada o`tirib dam olamiz. Kapalaklar gullarni yoqtiruvchi go`zal hasharotlardir.Ular guldan-gulga qo’nib yayraydilar. ( 66rft ta so`z) Topshiriq: Qanday?,qanaqa? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni tagiga chizing. 13- nazorat ishi. Insho Go`zal qish Reja 1.Qish faslida tabiatning ko`rinishi. 2.Qishda qushlar va hayvonlar hayoti. 3.Bolalar tabiat quchog`ida. 4.Qish fasli shoirlar tarifida.
Dumli yulduzlar Samoda juda katta hajmdagi dumli yulduzlar paydo bo`ladi.Uni ilmiy tilda kometa deyiladi. Masalan: 1811-yilda ko`ringan kometaning diametri yer sharining diametridan 100 marta katta bo`lgan. 1882-yilda ko`ringan kometaning dumi 1 milliard kilometr. Ya`ni yer orbitasining diametridan3 marta katta bo`lgan.Kometa kunduzi quyoshning yonida ko`rinib, 40 ta to`in oy yorug`ligi darajasida nur sochgan. Bu holatni kuzatish qanday zavqli. ( 60 ta so`z) Topshiriq: Sonlarni ko`chirib yozing.
Test
Tutuq belgisi noto’g’ri qo’yilgan so’zni belgilang. A) Ra’no. B) tuh’mat. D) ma’lum. Qanday? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni aniqlang. A) o’rdak. B) ko’rkam. D) gulladi. Nutq nimalardan tuziladi? A) gaplardan B) so’zlardan. D) bo’ginlardan. Gapning oxiriga qachon nuqta qo’yiladi? A) gap xabar mazmunini bildirsa. B) gap so’roq mazmunini bildirsa. D) gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa. Men shifokor bo’lmoqchiman.Ushbu gapdagi kesimni belgilang. A) men. B) shifokor. D) bo’lmoqchiman. 6. Nuqtalar o’rniga d,d harfi qo’yiladigan so’zlar qatorini toping. A)pas… , balan… B)farzan… , Samarqan… D)go’sh…, darax… 7.Kishilarning ismi va familiyasi qanday harf bilan yoziladi? A) kichik harf. B) bosh harf. D) undosh harf. .Alifbo tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping. A) atlas,bobo,do’ppi,etik,. B) anhor,ko’ylak,sadaf,varrak. D) ayiq, bahor, gilam,olam. 9.Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? So’roqlari qanday so’zlarga beriladi. A) shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlarga. B)shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlarga. D) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlarga. 10.Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) so’roq. B) nuqta. D) so’roq,undov,nuqta. 11.Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi? A) unli. B) undosh. D) harf birikma. 12.O’zbek tilida nechta tovush bor? A) 29ta. B) 30ta. D) 24ta. 13.Nutqning qanday shakllari bor? A) o’g’zaki. B) yozma. D) og’zaki va yozma. 14.Nutqning yozma shakli nima deb ataladi? A) matn. B) gap. D) so’z. 15.Undalma qaysi kelishikdagi so’zlar bilan ifodalanadi? A) qaratqich kelishik. B) bosh kelishik. D) tushum kelishigi. 16.Uyishiq bo’laklar qaysi so’zlar bilan bo’g’langanda vergul qo’yilmaydi? A) ammo. B) va. D) lekin. 17.Gapda ikkinchi darajali bo’laklar nimaga bog’lanib keladi? A) ega yoki kesimga. B) egaga. D) kesimga. 1 .Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydalidir. Berilgan hikmatli gapda nechta to’rt bo’g’inli so’z bor? A) 4ta. B) 3ta. D) 2ta. 19.Gapning bosh bo’laklarini yozing.________________________. 20.Yumshoq so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z toping.________. 21. Alifboning yettinchi harfini yozing. _____________________. 22.Qaysi harf ikki tovushni ifodalaydi?______________________. 23.Shaxs va narsaning tartibini bidirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi? ________________________________________. 24.O’zbek alifbosida nechta harf birikma bor va ular qaysilar?____. 25.Egalik qo’shimchalarini ko’rsating. ______________________.
Kapalak
Bir bor ekan, bir yo`q ekan.Gulzorda shohi qanotli kapalak yashar ekan. U guldan gulga qo`nar, qo`shiq aytib, raqsga tushardi. O`rtoqlari uni tomosha qilishar edi. Kaplak o`z chiroyidan juda g`ururlanib ketibdi. O`rtoqlarini nazar- pisand qilmabdi. Kapalaklar undan xafa ekanliklarini aytishibdi. Shohi qanotli kapalak ularning gaplariga parvo qilmabdi. Bir kuni havo aynib, qattiq shamol turibdi. Kapalaklar qo`rqib, barg va shox-shabbalar orasiga yashirihib olibdilar.Shohi qanotli kapalakni ham chaqirishibdi. Lekin u kelmabdi.Qattiq shamol esa uni uzoqlarga uchirib ketibdi. ( 79 ta so`z) Topshiriq:Kishilik olmoshlarini ko`chirib yozing. 17- nazorat ishi. Diktant Anhorda
Yozning issiq kunlari edi. Sobir, Salim, G`ani anhorga borishdi.Sobir yechinib suvga tushdi va anhorda baliqdek suzib ketdi. Salimning havasi keldi. Lekin suzishni bilmasdi. Sobir suvdan chiqdi. Salimning oldiga keldi. Issiq qumga yotib oldi. Salimga juda alam qildi. Kiyimini yechib, anhorga sakradi. Og`ziga suv kirib, nafasi qaytib ketdi. Oyoq-qo`llarini chapillatdi. Shu payt uni kimdir suvdan tortib oldi. Salim qarasa,G`ani ekan. U akasiga mahkam yopishib oldi. Yig`lamoqchi bo`ldi-yu, ammo uyaldi. ( 72 ta soz) Topshiriq; Fe`llarni tagiga chizing. 18-nazorat ishi, Diktant Shama
Onam choy shamasini tashlamaslikni aytdilar. Shama foydali ekan. Uni yig`ib, o`g`it qilish mumkin. Men bu yil shamani yig`ib, o`g`it qildim. Erta ko`klamda shama o`g`itiga pomidor, gullar urug`ini sepdim. Yumshoq o`g`itda urug`lar tez undi.Yashil bo`lib ko`kardi.Tejamli bo`lish yaxshi. Ekish uchun yuzta pomidor, yuzdan ortiq gul ko`chatlari tayyorladim. Onam bu ishimdan juda quvondilar. Kuzda qip-qizil pomidorlar mo`l hosil berdi. Gullarim chaman-chaman ochildi. Ularning urug`larini yig`dim. Kelasi yili yana ko`chat yetishtiraman. ( 72 ta so`z) Topshiriq: Shaxs-son qo`shimchalarini belgilang. 19- nazorat ishi Test
1.O’zak va so’z yasovchi qo’shimchalardan iborat so’zni belgilang. A) navbatchi. B) darslikning. D) partada. 2.So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) yangi so’zlar hosil qiladi. B) gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi. D) narsaning qaysi shaxsga qarashli ekanini bildiradi. 3.O’zbek tilida nechta shaxs bor. A) 6ta. B) 4ta. D) 3ta. 4.Ko’plik ma’nosidagi egalik qo’shimchasini belgilang. A) –m,-ng,-si. B) –miz,-imiz,-lari. D) –ingiz, -im, -i. 5.O’rin payt kelishigi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) kimda, nimada, qayerda? B) kimga,nimaga,qayerga? D) kimdan, nimadan, qayerdan? 6.Qaratqich kelishigining qo’shimchasi qo’shilgan so’zni toping. A) kitobda. B) daraxtning. D) maktabga. 7.Tushum kelishigi qo’shimchasi otni qaysi so’z turkumiga bo’g’laydi? A) otni felga bog’laydi. B) otni otga bog’laydi? D) otni sifatga bog’laydi. .Uzum… so’ziga mos so’z yasovchi qo’shimchani qo’ying. A) –dosh. B)-kor. D) –zor. 9.Bosh kelishikdagi otlar gapda qaysi bo’lak vazifasida keladi? A) ega. B) kesim. D) ikkinchi darajali bo’lak. 10.Bo’g’in ko’chirish noto’g’ri berilgan so’zni aniqlang. A) o’chi-rg’ich. B) ha-shak. D) qa-lam. 11.Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gapni belgilang. A) Tongda hovli… chiqdim. B) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. D) Yozda men oromgoh… dam oldim. 12.Berilgan gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? Bolalar, qushlarni asrang A) nuqta. B) undov. D) so’roq. 13.Qanday gaplarga so’roq gaplar deyiladi? A) xabar mazmunini bildirsa. B) kuchlu xis-hayajon bilan aytilsa. D) so’roq mazmunini bildirsa. 14.Keng dalalar, o’rmon,dengizlar. Go’al bog’lar- bari bizniki. Daryo ko’llar, serhosil yerlar, Oltin tog’lar hur elimniki. Ushbu she’rda nechta sifat so’z turkumiga oid so’zlar bor? A) 3ta. B) 5ta. D) 4ta. 15.Uchinchi shaxs birlikda qo’llangan so’zni toping. A) kitobim. B) kitobi. D) kitobingiz. 16.Gap haqidagi noto’g’ri fikrni toping. A) gap tugallangan fikrni bildiradi. B) gap so’zlardan tuziladi. D) gap bo’g’inlardan tuziladi 17.Maydonda bolalar koptok o’ynadilar. Ushbu gapdagi kesimni toping. A) maydonda. B) bolalar. D) o’ynadilar. 1 .Shahar nomlari to’g’ri yozilgan javobni belgilang. A) Anjon. B) Toshken. D) Samarqand. 19.Oq terakmi, ko’k terak Har bir ishga qunt kerak. Ushbu she’rda nechta so’z ko’chirish uchun bo’g’inlarga bo’limaydi? ___________________________. 20.Uch bo’g’inli so’zga misol yozing. ______________________. 21.Gaplar ifoda maqsadga ko’ra necha turga bo’linadi? _________. 22.Bosh bo’laklarni yozing._______________________________. 23.Momiq so’ziga yaqin ma’noli so’z toping._________________. 24.Olachipor tovug’im sakkizta jo’ja ochdi. Ushbu gapdagi son so’z turkumiga oid so’zni toping.___________________________. 25.Tutuq belgili so’zlardan misollar keltiring._________________.
Bola o’qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, to’g’ri talaffuz etishni o’rgatish lozim. Dastlab tanish, notanish matn ifodali o’qitilib, o’quvchidagi ko’nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko’rtkich – o’qish tezligi, ravon o’qiy olishi, bir daqiqada nechta so’z o’qiy olishi belgilanadi. Bola matn mazmunini to’liq uqib olishi, shuningdek, o’zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. Boshlang`ich sinf yakunida o`quvchilar so’z tarkibidagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilib ongli, ifodali, ravon va tez o’qiy olish malakalariga ega bo`lishlari kerak.4-sinf o’quvchilari bir daqiqada 85-90 ta so’zni o’qiy olishi kerak. O’quv yili yakunida 20 ta she’rni yoddan aytib berishi lozim. 1- nazorat ishi . Yod aytish Tekshirilishi lozim bo’lgan BKMlar soni va nomi 1. Asar muallifini bilish. ( B ) 2. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilib yoddan aytish. ( K ) 3.Ketma –ketlikni buzmasdan aytish. ( B ) 4.Tinish belgilariga rioya qilib yod olish. ( K ) 5.She’rni his –hayajon va ohangiga ahamiyat berish. (M ) 2- nazorat ishi. Hikoya yozish O`zbekiston – Vatanim manim Foydalanish uchun so`zlar: xushmanzara, bahavo, jannatmakon, tuprog`I zar, mustaqil yurt
O`lkamizda kuz Foydalanish uchun so`zlar: oltin kuz,meva, poliz, to`kin sochin,barglar, qushlar, dehqon, paxta, hasharchilar.
Inson odobi bilan go’zal Reja 1.Salomlashish odobi. 2.Eng ulug` fazilat. 3.Insondagi yaxshi fazilatlar va yomon illatlar. 4.Donolarning hikmatli o`gitlari.
Test
1.3-sinf o’qish kitobi qaysi bo’limdan boshlanadi? A) Istiqlolim-istiqbolim. B) O’zbekiston – vatanim manim. D) Vatan ostonadan boshlanadi. 2.1991-yilning qaysi kuni “mangulikka tatigulik kun” deb ataladi. A)2-iyul. B) 21-oktabr. D) 31-avgust. 3.Sen o’zbek elining farzandi Istiqlol yurtining dilbandi… Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan. A) Iqboli buyuksan. B) Istiqlol bolalari. D) Serquyosh o’lka. 4.Qodir boboning kasbini kim egallar ekan? A) nevarasi. B) o’g’li. D) qizi. 5.“Istiqlol bolalari” she’rining muallifi kim? A) Abdulla Oripov. B) Dilshod Rajab. D) Zafar Diyor. 6.Qishlog’ining haritasini birinchi bo’lib kim chizdi? A) Rasul. B) Samad. D) Akasi. 7.Bulbul chamanni sevar, odam vatanin. Maqoli mazmunan qaysi she’rlarga mos keladi. A) Gulg’unchalarmiz. B) Serquyosh o’lka. D) A va B javoblar to’g’ri. .Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rida “oltin oqar daladan” misrasida nima haqida yozilgan. A) suvning tiniq oqishi. B) Paxtaning oppoq ochilishi. D) Yer osti boyliklari. 9.Har bir faslning o’zini qiyosiy o’xshatishlari mavjud. Kuz faslini qanday atash mumkin. A) Saxovatli kuz. B) Oltin kuz. D) a va b javoblar to’g’ri. 10.Bolalar polizga nima uchun borishdi? A) polizni ko’rgani. B) sayr qilgani. D) qovun sayliga. 11.Qovunlarning turlarini belgilang. A) umrboqi,ko’kalapish,doniyor. B) qo’zivoy, D) charos,husayn, kelinbarmoq. 12.Shoir Sulaymon Rahmon dehqonni nima deb ataydi? A) mohir inson. B) yer naqqoshi. D) barakali inson. 13.“Salomlashish odobi” matnini kim yozgan? A) Yusuf xos Hojib. B) Husayn vaz Koshifiy. D) A. Navoiy. 14.Necha xolatda salom berish kerak. A) 7. B) 6. D) 9. 15.Bilimsiz kishilar nimaga o’xshatiladi? A) qurigan daraxtga. B) hayvonga. D) aqlsiz insonga. 16.Ota qimmatbaho uzugini qaysi o’g’ilga topshiradi? A) to’ng’ich o’g’il. B) o’rtancha o’g’il. D) kenja o’g’il. 17.O’rtancha o’g’il qanday yahshi ishni amalga oshiradi? A) olmos topib, egasiga topshiradi. B) cho’kayotgan bolani qutqaradi. D) yomonlikka yahshilik qaytaradi. 1 .Hokim otboqarni qanday mukofotladi? A) dorga ostirdi. B) katta amal berdi. D) qimmatbaho sovg’a berdi. 19.“Har kim ekkanin o’rar” she’rini yana qanday nomlash mumkin. A) qaytar dunyo. B) o’g’il va nevara. D) chol va sahro. 20.Odamdan nima qoladi? Mavzusi mazmuniga mos maqol yozing. __________________________________________________________. 21.Salom qanday ma’noni anglatadi?____________________________. 22. Safarga ketayotgan kishi do’stiga nima qoldirib ketadi?___________. 23.Omonat egasi xaltachani olib kimning oldiga bordi?______________. 24.Vatan haqida maqol yozing. _________________________________. 25.“Gulg’unchalar” deganda shoir Muhiddin Omon kimlarni nazarda tutgan? _________________________________________________. Download 228 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling