20.Muzayyana Alaviyaning “Navro’z—bahor bayrami” hikoyasida qadimda yil qaysi sanadan boshlanadi deyilgan?
a) 21-martdan b) 1-yanvardan
d) 31-dekabrdan e) 1-sentabrdan
4-sinf Ona tili 3-chorak
1.” Men tovuuqlar... don berdim.”Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchani qo’ying.
a) -qa b) -ka d) -ga e) -da
2.”Odob bozorda sotilmas” Ushbu gapdan o’rin-payt kelishigida qo’llangan otni toping.
a) odob b) sotilmas d) bozorda e) bozorda sotilmas
3.Chiqish kelishigi qo’shimchasi otni qaysi so’z turkumiga bog’laydi?
a) fe’lga b) sifatga d) otga e) songa
4.Ot yasovchi qo’shimchalar qatorini toping.
a) -chi,zor,-dosh,-kor,-k,-q b) -ning,-ni,-ga,-da,-dan
d) -ning,-chi,-ga,-zor e) -la,-li,-kor,-dosh
5.Sifat so’z turkumi so’roqlarini toping.
a) qanday?,nima? b) qanaqa?,kim? d) qanday?,qanaqa? e) nima qildi?
6.Sifatlarning ma’no turlari nechta?
a) 2ta b) 3ta d) 5ta e) 4ta
7.”Ko’chamizga baland va chiroyli bino qurildi”. Hajmni bildirgan sifatni toping.
a) ko’chamizga b) baland d) chiroyli e) bino
8.Sifat yasovchi qo’shimchalarni belgilang.
a) -chi,-zor,-kor,-chan,-dor b) -ser,-be,-siz,-li,-chan,-dor,-q
d) -la,- li,-zor,-kor,-dor e) -ning,-ni,-ga,-dan,-da
9.Pak-pakana bo’yi bor,
Yetti qavat to’ni bor. Topishmoqdagi sifatni toping.
a) bo’yi b) to’ni d) pak-pakana e) yetti
10.Anhor bo’yida katta qayrag’och o’sadi. ”Katta”so’zi bog’langan otni toping.
a) anhor b) bo’yida d) o’sadi e) qayrag’och
11.Narsa va shaxsning sanog’ini bildirgan so’zlar nima deyiladi?
a) ot b) sifat d) fe’l e) son
12.Nuqtalar o’rniga mos sonni qo’ying._____-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi haqidagi qonun tasdiqlangan.
a) 1992 b) 1991 d) 1990 e) 1993
13.Sonlar yozuvda necha xil ifodalanadi?
a) 3 xil b) 2 xil d) 4 xil e) 5 xil
14.Tartibni bildirgan sonni aniqlang.
a) bitta b) ikkinchi d) besh e) uchchalasi
15.ll shaxs olmoshlari qaysilar?
a) men, biz b) sen, siz d) u,ular e) men,sen,u
Do'stlaringiz bilan baham: |