4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet245/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

hilvirab g‘arq pishgan gardishi – chambarak
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Oydin kecha” hikoyasi navbatma-navbat, tinish belgilariga e’tibor bergan holda ifodali qilib o‘qitiladi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.

  1. Ozod bilan Nosir tog‘ yo‘lida qanday jonivorlarga duch kelishdi?

  2. Do‘stlar jonivorlarning qanday xislatlari haqida so‘zlashadilar?

“Kimga tegishli” mashqi.




T/r



Hikoya qahramonlariga oid ma’lumotlar va gaplar

Muallif

Ozod

Nosir

1

Soylikdan o‘tib, to‘g‘ri qirdagi chakalakzorga yo‘l oldilar

+







2

Manavi ko‘ksultonni qara-ya, salkam olxo‘ridek keladi




+




3

Dam oldingmi, tamom, bo‘shashasan







+

4

Yo‘lda zerikmaslik uchun Nosir vaj izladi

+







5

Endi yurish befoyda







+

6

Kunduzi tanasi kovak tutni ko‘rgan edik




+




Birikmadan gapgacha” mashqi. O‘quvchilar birikmalar aso- sida gaplar tuzishlari lozim. Masalan: Ko‘ksultonni qara, tup- roqdagi iz, dam oldingmi, ilon bekordan. Manavi ko‘ksultonni
qara-ya, salkam olxo‘ridek keladi.
  1. Darsga yakun yasash va baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Matn nima haqida ekan?

    2. Matnning asosiy g‘oyasi nimada deb o‘ylaysiz?

    3. O‘qigan matningizdan qanday xulosa chiqardingiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Oydin kecha” hikoyasini o‘qish.






Mavzu: “Oydin kecha” (Murod Xidir) 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Oydin kecha” hikoyasi bilan tanishtirish, ravon va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish.
FK 1: o‘rganilgan hikoyaning nomi, muallifi, mazmuni va qahra- monlarini ajrata olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga muhabbat, do‘stlik, o‘zaro va kattalarga hurmat hislarini tarbiyalash.
TK 4: tabiatga bo‘lgan insoniy xislatlarni anglay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog‘- lanishli nutqini o‘stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga oid savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Rezyume”, “Kim topag‘on?”, “Baliq ovi” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Oydin kecha” hikoyasini ifodali o‘qib, mazmunini so‘zlab beradilar.

“Baliq ovi” o‘yini.


    1. Ozod va Nosir kimning nasihatlariga quloq solmadi?

    2. Ular qayerga borishdi?

    3. Ozod va Nosir tog‘ yo‘lida qanday jonivorlarga duch kelishdi?

    4. Do‘stlar jonivorlarning qanday xislatlari haqida so‘z- lashdilar?

Kim topag‘on?” o‘yini. O‘quvchilar topishmoqning javobini matnning ichidan topadi.

      1. Osh ichida tosh,

Tosh ichida osh. (O‘rik)

      1. Oltin kelganda, kumush ketar,

Kumush kelganda, oltin ketar. (Quyosh,oy)

      1. Uzun ichak, Uchi tugunchak. Tanasi chipor,

O‘rmondan chiqar. (Ilon)

      1. Dum-dumaloq barkash non Ko‘k yuzida suzadi.

Kunduz kuni berkinar
Javobini kim bilar? (Oy)

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling