FK 1: hikoya matnini tinglab tushuna oladi.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga uni asrab-avaylashga,
undan oqilona foydalanishga o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK 3: tevarak-atrof muhitga insoniy munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog‘- lanishli nutqini o‘stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoya qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodlari: tushuntirish “Muallifini top”, “Baliq ovi” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimediali ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bobomning sovg‘asi” hikoyasi “Zanjir” usulida o‘qitilib, qayta hikoya qildiriladi.
“Baliq ovi” o‘yini.
Bola bilan Murod qanday yo‘ldan jo‘nadi?
Ular ertalabki shirchoyni kim bilan ichishdi?
Ular nima bilan o‘ynashdi?
Bobosi ularga nima haqida aytib berdi?
Rustam aka ularga chiroyli nimani ko‘rsatdi?
O‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat haqida berilgan moddalarni o‘quvchilardan so‘raydi va to‘ldiradi. 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosa- batda bo‘lishga majburdirlar” deyilgan.
55-moddasida: “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlar muhofazasidadir.” – deyil- gan.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Nihollarning nolasi” hikoyasi bilan tanishamiz. “Nihollarning nolasi” hikoyasi mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |