4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish. Tarbiyaviy


Download 3.78 Mb.
bet184/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda bahor faslini qadrlash va tabiatni sevish hissini tarbiyalash.
TK 3: rivoyatda tasvirlangan go‘zallikdan ta’sirlanish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so‘zlari bilan boyitish, iboralarning ma’nosini izohlash, o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish.
FK 2: bahor tabiatiga kichik ijodiy matn yozish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Zanjir” usuli, “Matndan top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Bahor” she’rini yoddan aytib beradi. Savol-topshiriqlar:
Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini aytasiz, javobini topasiz. Ilon izli yorug‘ nur bulutlarni quchadi.
Jarangdor ovozida yer-u osmon ko‘chadi. (Chaqmoq)

  • Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?

  • Bu so‘zlar qaysi fasl ta’rifida aytiladi?

  • Bahor faslini qanday so‘zlar bilan ta’riflash mumkin?

  • Demak, biz bahor faslini ta’riflashda qaysi usuldan foydalandik?

  • Bahor fasli haqida kim kichik matn tuzib, gapirib beradi?

  • Bahor fasli haqida, she’r yod olganmisiz?

  • Gullar haqida-chi?

  • Maqollar-chi?

  • Shuning uchun qadimdan shoir-yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozishgan.

  • Shunday yozuvchilardan biri Yusuf Xos Hojibdir.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz “Bahor ta’rifida” rivoyati bilan tanishamiz.

O‘qituvchi “Bahor ta’rifida” rivoyatini o‘qib beradi. Rivoyat
mazmuni tushuntiriladi.
Matndan top” o‘yini. O‘qituvchi bergan savollarga o‘quvchilar ri- voyat matnidan javob topadilar.
– Yozuvchi bahorni ta’riflashda qaysi so‘zlardan foydalangan? (Nasim, firdavs, oq rang, bo‘z yer, alvon rang, musaffo, yashil
to‘n, yashil parda)

  • Yozuvchi qaysi qushlarni nomini tilga olgan? (G‘oz, o‘rdak, oq qush…)

O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling