4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet2/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

ISBN 978-9943-26-719-0
© G.Boymurodova, X.Sattorova, Sh.Muslimova, F.Karimova.
© “Sharq” nаshriyot-mаtbаа aksiyadоrlik kоmpаniyasi Bоsh tаhririyati, 2017.

SO‘ZBOSHI


Vatanimizning kelajagi, xalqimizning er- tangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjami- yatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor, farzand- larimizning unib o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir”


Islom KARIMOV


Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tar- biyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex- nologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonala- ridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.


Buning uchun birinchi navbatda, o‘quvchini o‘qish, bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shun- dagina ertangi kunning ishonchli egasi bo‘lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo‘lamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel- dagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–4-sinflari uchun o‘qish fani dasturi amaliyotga joriy etildi.
Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘qish fanini o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensi- yaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlari asosida 4-sinf o‘qituvchilari uchun hamkorlik, didаktik o‘yin texnologiyalari va in- tegratsiyalashgan ta’lim mazmunini ochib berishga qaratilgan ushbu metodik qo‘llanma yaratildi. Shuningdek, qo‘llanmadagi multimedia ilovalari o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnikalar bilan ishlash, pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv jarayonida o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish imkonini yaratadi.
Metodik qo‘llanmaning tuzilishi
Ushbu metodik qo‘llanma 4-sinf “O‘qish kitobi” (S.Matchonov, A.Shojalilov, X.G‘ulomova, Sh.Sariyev, Z.Dolimov) darsligi asosida yaratildi. O‘quv reja bo‘yicha o‘qish darslariga 170 soat ajratilgan. Qo‘llanmada 119 ta mavzuga ilg‘or pedagogik va axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalarga asoslangan namunaviy dars ishlanmalari berilgan.
Mazkur metodik qo‘llanmada o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyalar yoritib berilgan. O‘quvchilar jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foy- dalanish va o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘qish fanidan berilgan dars ishlanma namunalarida interfaol usullardan foy- dalanish, didaktik o‘yin texnologiyalar o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, darslikning 119 ta mavzusiga multimedia ilovalari yaratilgan. Jumladan, ularga 32 ta animatsiya, 24 ta videolavha, 6 ta qo‘shiq, 102 ta lug‘at ishi, 86 ta ta’limiy o‘yin, 30 ta test topshiriqlari kiritilgan.
Multimedia ilovaning birinchi sahifasida poytaxtimiz Toshkent shahrining zamonaviy binolari, Registon maydoni, Amir Temur haykali, Mustaqillik maydoni arkasidagi laylak tasvirlari musiqa sadolari os- tida ko‘rinadi. Mundarijaga o‘tish uchun sahifa burchagidagi kitob tas- viriga bosiladi. Mundarijada 119 ta namunaviy darslarning mavzulari ko‘rsatilgan. Dars mavzusi yozilgan qator kursor orqali tanlansa, o‘sha darsga tegishli sahifa ochiladi.
Multimedia ilovada mavzuga oid animatsiya, videolavha, ta’limiy mashqlar va krossvordlar berilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning tasav- vurlarini kengaytirib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Lug‘at ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini va nutqini o‘stiradi. Mustaqil fikrlash hamda ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakl- lantiradi.
O‘qish darslarida tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari 119 ta dars ishlanmalarining maqsadlarida quyidagicha ko‘rsatilgan:

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling