Lug‘at ishi:
tilimiz qulfi ochildi – mustaqillik tufayli fikrimizni erkin ayta oldik
ko‘zimiz ochildi – haqiqatni tushundik Alayhissalom – payg‘ambarga salomimiz bo‘lsin bug‘doy zahirasi – g‘amlab qo‘yilgan bug‘doy abadiy – mangu, doimiy
Sohibqiron – shoh, podshoh
abadiy mulk – doimiy saqlanadigan mulk
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Nima uchun 1991-yilning 31-avgustini asrga tatigulik kun deymiz?
Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilasiz?
O‘zbekistonning haqiqiy egalari kimlar bo‘ladilar?
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Mangulikka tatigulik kun” matnini o‘quvchilar “Zanjir” usulida o‘qiydi va hikoya qilib beradilar.
Bolalar, matn necha qismdan iborat ekan? O‘quvchilar matn qismlariga sarlavha topadilar.
Darslikdagi savollar ustida ishlanadi.
“Alifbo bilag‘oni” o‘yini. O‘quvchilar berilgan raqamlarga harf- larni alifbo tartibida joylashtirib, berkingan so‘zni topadilar.
Test topshiriqlari:
Qaysi kun vatanimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi?
A)1991-yil 31-avgust B )1991-yil 1-sentabr
D) 1991-yil 30-avgust E) 1991-yil 3-sentabr
Mangulikka tatigulik kun matni muallifi kim?
A) A. Oripov B) T. Hayit D) S.Barnoyev E) D. Rajab
Qaysi so‘zlar til boyligimizdan mustahkam o‘rin egalladi?
A) O‘zbekiston bug‘doyi B) O‘zbekiston sporti
D) O‘zbekiston askarlari E) O‘zbekiston mashinalari
Qaysi viloyatlardagi tarixiy obidalarga e’tibor kuchaydi?
A) Toshkent, Buxoro B) Xiva, Samarqand
D) a va b javob to‘g‘ri E) Farg‘ona, Namangan
Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilib oldingiz?
A) A. Temur, Z.M.Bobur B) Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshbandiy D) Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy E) barcha javoblar to‘g‘ri
“Allomalar tug‘ilgan joyini top” o‘yini. O‘quvchilar alloma- larning tug‘ilgan joylarini topishlari lozim bo‘ladi. Al-Buxoriy – Buxoro, At-Termiziy – Termiz, Bahouddin Naqshbandiy – Kogon, Abduxoliq G‘ijduvoniy – G‘ijduvon, Xoja Ali Romitaniy – Buxoro,
Burhoniddin Marg‘inoniy – Marg‘ilon.
Do'stlaringiz bilan baham: |