Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Mustaqillikka erishgan yurtimiz istiqlol bolalariga nima berdi?
She’rda shoir bolalar nomidan kuylashining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Nima uchun she’r “Istiqlol bolalari” deb nomlandi? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Istiqlol bolalari” she’rini yod olish.
Mavzu: “Serquyosh o‘lka” (Zafar Diyor).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga O‘zbekiston, uning yoshlarga yaratgan imkoniyatlari haqida ma’lumot berish, “Serquyosh o‘lka” she’ri bilan tanishtirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali, o‘qiy olish va mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning vatanga muhabbat, u bilan faxrlanish, tabiati va ne’matlarining qadriga yetish hislarini tarbiyalash.
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini, mustaqil va ijodiy ishlash, ziyraklik, hozirjavoblik qobiliyatlarini, lug‘at ustida ish- lash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “O‘rniga qo‘y”, “Ketma-ket ayt” o‘yinlari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |