4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 3.78 Mb.
bet8/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkaziladi.

  1. Allomalarimiz bizga qanday milliy–madaniy meros qoldirgan?

  2. O‘zbekistonning haqiqiy egalari kimlar bo‘ladilar?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Mangulikka tatigulik kun” matnini o‘qish.


Mavzu: “Iqboli buyuksan” (Abdulla Oripov).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, shoir asar- lari haqida to‘liq tushuncha hosil qilish, she’rni ongli, ifodali o‘qishga va ma’nodosh so‘zlarni topishga o‘rgatish.
TK 3: she’riy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanni ardoqlash, ota-onani e’zozlash, ustozlarni hurmat qilish tuyg‘ularini tarbiyalash, ularni mehnatsevarlik, tirishqoqlik, intiluvchanlikka o‘rgatish.
TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, test yechish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 1: she’riy matnlarni tinglab tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Rasmli reja”, “O‘rnini top” o‘yini.
Dars jihozlari: vatanimiz go‘zalligi, maktabda bilim olayotgan, sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Rasmli reja” mashqi. O‘quvchilar Safar Barnoyevning “Man- gulikka tatigulik kun” matni mazmunini “Rasmli reja” o‘yini asosida so‘zlab beradilar. Buning uchun doskaga xatboshilar-

ga oid rasmlar ilinadi. O‘quvchilar shu rasmlar asosida matnni qayta hikoya qilib beradilar.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling