Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Najmiddin Kubro” rivoyati bilan tanishamiz. O‘qutuvchi rivoyatni ifodali o‘qib beradi va mazmuni tushuntiri-
ladi. O‘quvchilardan biri rivoyatni ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
Shayx– din ilmining donosi shahid – halok bo‘lgan
Mo‘g‘il bosqinchilari – mo‘g‘il millatiga mansub dushmanlar (bosqinchilar)
g‘alabaiy munavvar – g‘alaba qozona olmaslik, mag‘lubiyat.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Najmiddin Kubro” rivoyatini o‘quvchilar “Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar. Savol-javob o‘tkaziladi.
Bosqinchilar Xorazmga nima maqsadda yurish qildilar?
Dushman shayx Najmiddin Kubroga qanday maktublar yo‘llaydi?
Najmiddin Kubro “Mening yaqinlarim ming kishidan ham ko‘p erur” deb kimlarni nazarda tutganlar?
Dushman nima uchun yengildi?
“Ha-yo‘q” o‘yini.
“Vatan” tushunchasi “Ona” so‘ziga tenglashtiriladimi? (Ha). O‘zbekiston mustaqil davlatmi? (Ha).
Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud kabi vatanparvarlar bizga o‘rnakmi? (Ha).
Najmiddin Kubro xorazmlik emas? (Yo‘q).
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Najmiddin Kubro haqida nimalarni bilib oldingiz?
Yana qaysi buyuk allomalarni bilasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Najmiddin Kubro” rivoyatini o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |