Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
“Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar kuz faslida bo‘ladigan o‘zga- rishlarni ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Kuz” she’rini ifodali o‘qish va yodlash.
Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Qovun sayli” hikoyasi haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malaka- sini takomillashtirish.
FK 1: hikoya mazmuni va fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Shivirlab o‘qish”, “Pinbord” usullari, “Qovunlar nomini toping” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rini yoddan aytib beradi. O‘quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi.
Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
She’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |