Lug‘at ishi:
jiyirish – qiyshaytirish irg‘ib minish – sakrab, siltanib minish
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Qo‘rqoq” hikoyasining I qismi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Bolalar nima uchun Bahromni “Qo‘rqoq” deb atashardi?
Bahrom nega kechqurun yo‘lga otlandi? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Matn yarat” o‘yini. Ekranda hikoya mazmuni asosida yozil- gan matn ko‘rsatiladi. Matndagi gaplarning o‘rni almashgan bo‘ladi. O‘quvchilar ularni ketma-ket bosib matnni o‘z holiga keltiradilar.
Bahrom velosipedga minib, ketib qoldi.
Bugun bolalar uchinchi fermadan kelib Bahromni masxaralashdi.
Bolalar Bahromga “Qo‘rqoq, qo‘rqoq” deb ozor berishadi.
Shuning uchun onasi Bahromga yolg‘iz ko‘chaga chiqma deydi.
Chunki uning dadasi tunda bo‘rilarga yem bo‘lgan.
Javob: 3, 5, 4, 2, 1
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Jasur, mard bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Siz qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Qo‘rqoq” (Sunnatulla Anorboyev). 2-qism
Do'stlaringiz bilan baham: |