Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Mustaqillikka qachon erishdik?
Yurtmizda yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi. O‘quvchilar uyda yozgan hikoyalari o‘qitiladi va fikrlari to‘ldiriladi. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har
bir guruh O‘zbekistonning turli joylari rasmni “Mozaika” usuli yor- damida yig‘adilar.
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Serquyosh o‘lka” she’ri bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan keng yurtimiz, undagi o‘zgarishlar haqida suhbat- lashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
Siz yurtimiz haqida nimalarni bilasiz?
Yurtimizdagi qanday diqqatga sazovor joylarni bilasiz? O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Serquyosh o‘lka” she’ri mazmuni asosida lavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Serquyosh o‘lka” she’r matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
dong‘i – nomi shodon – xursand
dimog‘ – halqumning yuqori bo‘limi chog‘ – xursand, shod, yaxshi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Serquyosh o‘lka” she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Shoir yurtimiz tabiatini qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?
She’rdagi “Serquyosh o‘lka” iborasini qanday so‘zlar bilan al- mashtirish mumkin?
“O‘rniga qo‘y” o‘yini. O‘quvchilar she’rdagi tushirib qol- dirilgan so‘zlarni tegishli joyga yozishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |