4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet18/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


Bir necha o‘quvchi Zafar Diyorning “Serquyosh o‘lka” she’rini yoddan aytib beradi.
O‘quvchilar bilan “Davom ettir” o‘yini o‘tkaziladi.
Davom ettir” o‘yini. Bu o‘yinda 8 nafar o‘quvchi doska ol- diga chiqadi. Ulardan birining qo‘liga koptok beriladi. Shu o‘quvchi she’rning ikki qatorini aytib, koptokni boshqa, o‘zi
istagan o‘quvchiga uzatadi. Koptokni olgan o‘quvchi she’rning davo- mini aytishi kerak bo‘ladi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Shahari bor, odami yо‘q, Daryosi bor, suvi yо‘q. (Xarita).

  • To‘g‘ri, bu topishmoqning javobi – xarita. Xarita haqida nimalarni bilasiz?

Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Xarita”. (Normurod Norqobilov). 1-qism.
O‘qituvchi hikoya muallifi Normurod Norqobilov haqida qisqacha ma’lumot beradi. O‘qituvchi “Xarita” hikoyasini ifodali o‘qib beradi.
Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


xiyla – ma’lum darajada, birmuncha
qiyratmoq – bir tekis yo‘q qilmoq
tumshaymoq – biror narsadan xafa bo‘lib, qovoq solib o‘tirmoq ayil – egarning usti bilan otning qornidan aylantirib bog‘lanadigan qayish ayilday botdi qattiq tegdi, og‘ir botdi, ranjitdi
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.

  • Bu hikoya qahramonlari kimlar ekan?

  • Rasul qaysi darsni jini suymasdi?

  • Sinf rahbari Rasulni kimga biriktirib qo‘ydi?

  • Samad Rasulning uyiga nima uchun hovliqib kirib keldi?

  • Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi?

  • Bolalar nima ustida tortishib qolishdi?


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling