4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish Reja: Kirish


Download 169.77 Kb.
bet2/16
Sana20.06.2023
Hajmi169.77 Kb.
#1628118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda

Kurs ishning obyekti: 4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanishini yoritish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: 4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish uslubiyoti uslubiy asoslari.
Kurs ishining maqsadi: 4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Interfaol metodlar va ularning matematika fanida tutgan o’rni

  2. Masalalar ularning turlari va ularga qo’yilgan talablar

  3. 4-sinf matematika darsligida bo’lgan misollarni interfaol usullar yordamida ishlash metodikasi

  4. 4-sinf matematika darsligida bo’lgan masalalar interfaol usullar yordamida ishlash metodikasi

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida matematikani o‘rganishda 4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishga o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA MISOL VA MASALALARNI INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI

1.1. Interfaol metodlar va ularning matematika fanida tutgan o’rni

Matematika darslarida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish usullarini korib chiqamiz.


"Fikriy hujum" metodi. Mazkur metod o'quvchilarning darslar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi.
"6x6x6" metodi. "6x6x6" metodi yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
"Klaster" metodi. Klaster (g'uncha, bog'lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u o'quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
"Klaster" metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o'quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlar va o'quvchilar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish va ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.


"Zakovatli zukko" metodi. Mavjud bilimlarni puxta o'zlashtirishda o'quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o'quvchlarda tezkor fikrlash ko'nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o'z bilimlarini sinab ko'rish istagida bo'lgan o'quvchlar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to'g'ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko'ra har bir savolga qaytarilgan to'g'ri javob uchun ballar belgilanadi.
Metod o'quvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo'llanilishi mumkin.
"Charxpalak" metodi. "Charxpalak" texnologiyasidan o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida, dars boshi va oxirida, biror bo'lim tugatilganidan keyin, o'tilgan mavzularni o'zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash, mustahkamlash, oraliq va yakuniy nazoratlarni o'tkazishda foydalanish mumkin. Mashg'ulotlarni yakka va guruh shaklida tashkil etsa bo'ladi. Qolaversa, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamragan holda turli mazmun va xarakterga ega mavzularni o'rganishda ham asqotadi.Bu borada hozirgi zamonga mos bo‘lgan quyidagi fikr o‘rinlidir, desak ham bo‘laveradi: «Har qanday fan bo‘yicha mala-kali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘nal-tirilishi mumkin?!» Bu tezis o‘z-o‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeyini juda ham pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiborga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishga layoqatlilar soni keskin kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini ancha pasaytiradi. Lekin bu tezis hozirgi jadal sur’atda rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni jadal rivojlanish davriga mos quyidagi tezis bilan almashtirish maq-sadga muvofiq: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy, yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham qimmatli insoniy zaxira sifatida hisoblab, uning jamiyatdagi mavqeyini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».
Haqiqatan ham, o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o‘qituv-chi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir soha-ning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi-o’quvchilarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradilar. Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, tex-nika, iqtisodiyot boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-o’quvchilarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamon-larning va mamlakatlarning olim hamda yetakchi mutaxassislari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni insonlarning bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutaxassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Download 169.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling