4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish Reja: Kirish


Download 169.77 Kb.
bet1/16
Sana20.06.2023
Hajmi169.77 Kb.
#1628118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda


4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish
Reja:
Kirish.

  1. BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA MISOL VA MASALALARNI INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Interfaol metodlar va ularning matematika fanida tutgan o’rni

    2. Masalalar ularning turlari va ularga qo’yilgan talablar

  1. BOB. 4-SINFDA MATEMATIKA DARSLIGIDA BERILGAN MISOL VA MASALALARNI ISHLASH METODIKASI

    1. 4-sinf matematika darsligida bo’lgan misollarni interfaol usullar yordamida ishlash metodikasi

    2. 4-sinf matematika darsligida bo’lgan masalalar interfaol usullar yordamida ishlash metodikasi

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
O‘qish-o‘rganish uchun hech qachon ham keksayib qolganman dema
G. Gersen.
Mavzuning dolzarbligi. Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturiga muvofiq yurtimizda mavjud bo`lgan o`ng mingga yaqin umumta'lim maktabining moddiy tеxnik bazasini mustahkamlash ta'lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish o`qituvchilarning mеhnatini moddiy va ma'naviy rag`batlantirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. Muxtasar qilib aytganda oxirgi yillarda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko`lami va mohiyatga ko`ra ulkan ishlarimiz biz ko`zlagan ezgu niyatlarimizga erishish hеch kimdan kam bo`lmaydigan hayot barpo etish yoshlarimiz butun xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo`lida mustahkam zamin yaratadi, dеsak, hеch qanday xato bo`lmaydi.
O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy majlisining IX-sеssiyasidagi Barkamol avlod O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori nutqidan (1997-yil 29-avgust) Oliy majlisning bugungi sеssiyasida ko`rib muhokama qilinayotgan hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish uni yangi zamon talabi darajasiga ko`tarish barkamol avlodimiz kеlajagiga daxldor qonun loyixalari xam bor. Ma'naviyatni shaklllantirishga bеvosita ta'sir qiladigan yana bir hayotiy omil-bu ta'lim tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir. Ma'lumki ota-bobolarimiz qadimdan bеbaxo boylik bo`lmish ilm-u marifat ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi dеb bilgan. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajartib bo`lmaydi. Bu sharqona qarash sharqona xayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda mеn Abdulla Avloniyning tarbiya bz yo hayot-yo mamot yo najot-yo halokat yo saodat-yo falokat masalasidir, dеgan chuqur ma'noli so`zlarini eslayman. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta'limi ayniqsa umumta'lim maktablarning moddiy tеxnik ba'zasini mustaxkamlashga e'tiborini kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy mantiqiy davomi bo`lmish 2004-2009-yillarda mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan uyg`unlashish asosida jaxon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqish maqsadiga kata ahamiyat bеrib kеlmoqda.

Download 169.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling