Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash
Download 9.81 Kb.
|
Amaliy mashgʻulot.
Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlashIshning maqsadi. Talabalarda sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. Elektron jadvallar inson hayotining har xil sohasida uchraydigan, hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko‘lamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicalc (Visible calculators – ko‘rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981-yili IBM PS kompyuteri paydo bo‘lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicalc va Supercalc dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo‘lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo‘ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Word dasturidagi tahrirlash vositalardan foydalanish mumkin. EXCEL’ning ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko‘rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar, o‘qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro‘yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish, biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas EXCEL qulay elektron jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo‘ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o‘zgartirish mumkin, rasm chizishni, satr ajratishni, satrli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko‘pincha agar sizda rangli printer bo‘lsa, ramkali va chiziqli, sohalarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar qurish, jadvallarda kartinkalar qo‘ya bilish va hokazо larni bajarish mumkin. Download 9.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling