4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o’qituvchisi Mo`minjonova Maftunaning matematika fanidan soatlik dars ishlanmasi


Download 480.1 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi480.1 Kb.
#1040480
1   2   3
Bog'liq
ochiq dars ishlanma Maftuna

Dars turi: Yangi bilim berish,aralash,o’yinlar.
Dars qo’llanilgan metodlar: Baholash ; Kichik guruhlarda ishlash;Namoyish;
Savol javob;
Darsning jixozi: Darslik,chizmalar,tarqatmalar,nootbuk.
Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)

  2. Tayanch bilimlarni faollashtirish. ( xotirani sinash 12 daqiqa)

  3. Yangi bilimlarni o’rganish. (10 daqiqa)

  4. O’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash (15 daqiqa)

  5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)

  6. Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.(2 daqiqa)

Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
1.Salomlashish;
2.Davomatni aniqlash;
3.O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;
4.Dars davomida bizga kerakli texnik vositalarni ko’zdan kechirish, namoyish etiladigan slaydlarni darsga tayyor holga keltirish.
Tashkiliy qism mobaynida “Baholash “ metodini yonlariga qo’yib o’zlarini baholab borishlarini aytamiz. Biz o’quvchilar bilan har darsimizda foydalanamiz.Bu metod o’quvchilarni vaqtdan yutib baholash imkoniyatini beradi.Har bir o’quvchi qaysi dars bo’lishidan qat’iy nazar foydalansa bo’ladi.Ozgina ta’rif berib o’tib ketaman.Meni o’quvchilarim o’zlari uchun har biri o’zi yasab olgan.
O’quvchilar qo’llaridagi bu qog’oz ochiladi ichida oq qog’oz bor.Almashtirib boshqa fan uchun ham foydalansa bo’ladi. Har bir shakl ustidan darsda qatnashishi davomida o’zini baholab boradi.Masalan,darsga kelgani uchun 1-shakliga 1 ball,uyga vazifasi bo’lsa 2-shaklga 2 ball, o’tilgan mavzu yuzasidan savollarga javoblar uchun yana vahakazo ball qo’yib boradi.Oxirida ballari nechiga borgan bo’lsa,o’quvchini ana o’sha baho bilan baholaymiz.
2. Tayanch bilimlarni faollashtirish.
Olingan bilimlarni faollashtirish uchun sinfni uch guruhga bo’lib,har bir guruhga uyga vazifa qilib guruh nomiga doir ma’lumotlar topib kelish shart qilingan.
1-guruh “Mirzo Ulug’bek”
2-guruh “Berniy”

4-savol

3-savol

2-savol

1-savol
3-guruh “Al-Xorazmiy” guruhlari edi. Har bir guruhdan 5-6 ta o’quvchi guruh nomini oqlaydi va har bir allomamiz haqida qisqacha ma’lumot etib o’tadilar. Matematika faniga qo’shgan xissalari haqida to’xtalib o’tadilar.Keyin doska 3 qismga bo’lingan va har bir qismda 4 donadan qog’oz ilingan bo’ladi.Guruhlarga 4 donadan jami 12 ta misol yozilgan tarqatmalarni berib chiqamiz va ularni yechishlariga vaqt beramiz. Qaysi guruh yechib bo’lsa o’ziga tegishli qismdagi qog’oz tagiga yopishtirib chiqadi.
Xuddi shu tartibda doskadagi savollar tagiga yopishtiradilar.Hamma guruh bajarib bo’lganidan keyin kartochkalarni ag’daramiz va javoblarni solishtiramiz.Kim birinchi va bexato bajarsa rag’bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.

4

3

5


2-shartda sardorlar kelib stol ustida turgan 3 ta ustida shakl bo’lakchalaridan iborat bo’lgan ixtiyoriy A4 farmatdagi qog’ozni tanlab oladilar va guruh bilan orqasidagi savollarga javob beradilar va shaklni tiklaydilar. Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantirib boriladi.Tiklab qaysi shakl hosil bo’lsa o’sha shaklni ingliz tilida aytib berishlari kerak.Shu qatorida ingliz tilidan qay darajada bilimga ega ekanliklarini bilib olamiz.Va nihoyat ballarni berib yangi mavzuga o’tamiz.


Download 480.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling