4 tajriba ishi mavzu: Termik ishlashning po’lat strukturasi va xossalariga ta’sirini o’rganish Ishni bajarishdan maqsad


Ishni bajarish uchun kerakli asbob, jihoz va materiallar


Download 192.89 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi192.89 Kb.
#1528179
1   2
Bog'liq
4-amaliy materialshunoslik

Ishni bajarish uchun kerakli asbob, jihoz va materiallar. Mufel pechi, termoelektrik pirometr, sovitish vannalari, turli xil sovitgichlar, turli xil po’lat namunalari, qattiqlikni aniqlash asboblari: TK-2M, TSh - 2M, qisqich, sekundomyer va boshqalar.

2 – rasm. Mufel pechi.
1 – metall qoplama; 2 – shamot plita;
3 – qizdirish cho’lg’mi; 4 – keramik plita;
5 –siljish tagligi; 6 – asos; 7 –boshqaruvchi; 8 – keramik eshik.

Ishni bajarish tartibi. 1. Mufel pechi va issiqlikni o’lchaSh asboblarining (galvanometrli termoparalar yoki termoelektrik pirometr) tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanshish.



  1. Tekshirilayotgan po’lat namunalarining kritik nuqtalarini aniqlash uchun temir-tsemintitning holat diagrammasidan qizdirilish temperaturalari topiladi.

3.Namunalarni qizdirish vaqti 1 mm diametrdagi yoki qalinlikdagi namunani 1,5 minut ushlab turish hisobiga (3-jadvalga qarab) aniqlanadi. Odatda, namunalar,
Shayba Shaklida bo’lib, ularning diametri 15 dan 22 mm gacha, balandligi esa 12 dan 15 mm gacha qilib tayyorlanadi.
Tekshiriladigan namunalarning dastlabki qattiqligi 1000 N yuklanish ostida TK - 2M asbobi bilan (V - Shkalada) aniqlanadi.

  1. Mufel pechning temperaturasi 920 0K ga keltiriladi va o`nga namunalar joylaShtiriladi.

  2. Qizdirish uchun mo’ljallangan vaqt tugagach, mufel pechdan namunalarning biri olinadi va uni tezda suvli vannaga botiriladi.

  3. Sovutilgan namunaning sirti suvda hosil bo’lgan zangdan silliqlovchi asbob yordamida tozalanadi va uning qattiqligi (HRB) TK-2M da aniqlanadi.

  4. Mufel pechning temperaturasi keyingi yuqoriroq nuqtagachaga (1000 0K) ko’tariladi va Shu temperaturada 3 - 4 minut ushlab turiladi. So’ngra pechdan ikkinchi namuna olinib, birinchi namuna kabi sovutilgandan keyin qattiqligini TK-2M da topiladi.

  5. Pechda qolgan uchinchi namuna 1100 0K dan toblangach, uning qattiqligi aniqlanadi.

  6. Po’latning toblanish temperaturasining qattiqlikka bog’liqligini ko’rsatuvchi diagramma (13-rasm) tuziladi. Diagrammadan kritik nuqtalar aniqlanadi.

10 Tajriba natijasida ko`zatilgan namunalar ma’lumotlar quyidagi jadvalga yoziladi.
Nazorat savollari.
1 Termik ishlash deb nimaga aytiladi?
2 Kritik nuqta nima?
3 Termik ishlash turlari qaysilar?
4 Toblash jarayoni qanday amalga oshiriladi?
5 Toblashdagi metall strukturalarini aniqlang.
6 Metallarni toblash harorati qaday aniqlanadi?
7 Toblanuvchanlik darajasi qanday aniqlanadi?
Download 192.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling