Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti–harakatlar me’yoriylik nuqtayi nazaridan g’oyat muhim. CHunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining Yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o’zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g’azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o’tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o’ziga ham, o’zgalarga ham ko’tarinki kayfiyat, turli–tuman omadsizliklarning o’tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag’ishlaydi. Jamiyat doimo o’shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o’rnak olishga intiladi.
Xudbinlik. U o’z individual ehtiyojlarini hamma narsadan Yuqori qo’yadigan axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo’yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o’z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–harakatlar majmuidir.
SHuhratparastlik. SHuhratparastlik – shon–shuhrat ketidan quvadigan va bu yo’lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. SHuhratparast odam o’z nomining doimo atrofdagilar va jamiyat diqkat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–shuvga, maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o’z biologik va ma’naviy–intelektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo’yadi.
5-topshiriq
Quyida berilgan testlarni yeching.
«Avesto» atamasining lug`aviy ma`nosi bu…
Insoniy fazilatlar
Qat`iy qonun-qoidalar yig`indisi
Axloqiy fazilatlar majmuasi
Tartib-intizom
Do'stlaringiz bilan baham: |