4 topshiriq 3-topshiriq Inson, individ, shaxs, biosotsioma`naviy mavjudot, tushunchalarini izohlang


Download 34.95 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi34.95 Kb.
#1596408
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FALSAFA TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR


4 topshiriq
3-topshiriq
Inson, individ, shaxs, biosotsioma`naviy mavjudot, tushunchalarini izohlang.
INSON BU…
“Inson” tushunchasi hamma kishilarga xos bo`lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti dеb atalmish shunday o`ziga xos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistеmalardan o`ziga xos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o`ziga xos moddiy rеallik sifatida mavjud bo`ladi. Ammo insoniyat bu kabi yashay olmaydi. Konkrеt odamlar yashaydi va harakat qioadi. Insoniyatning konkrеt vakillarining bo`lishi individ tushunchasi orqali ifodalanadi. Individ - bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik xususiyatlari: aqd, idrok, ehtiyojlar va boshqalarning konkrеt tashuvchisi, insoniyat urug`ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkrеt kishi” ma'nosida ishlatiladi.
SHAXS BU…
Shaxs insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogеnеnitik rivojlanishining mahsuli, maxsus insoniy tuzilma.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o’taydi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat – bu uning individualligidir.
INDIVID BU…
Individ - lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir. Ya’ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog’lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat’iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o’sib-ulg’aygani sari u o’zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, ibtidoiy davrga xos bo’lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi.



Download 34.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling