4-variant.
1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
1. Trenerning imidji va o’zini tutishi (xulq-atvori)
2. O’yinlarni o’tkazishda trenerga tavsiyalar
2-topshiriq. Mustaqil o`rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
1. Psixosomatik kasalliklar bilan og’rigan bemorlar guruhini bir joyda davolashga harakat qilgan dastlabki tadqiqotchilar …
F.A.Mesmer va J. Pratt
J. Eskirol va N.Yu. Xryasheva
L.A. Petrovskaya va Yu.N. Emelyanov
S.I. Makmanov va E. Sidorenko
2. J. Pratt nechinchi yilda psixoterapiyada asosiy rol jamoaga tegishli va unda insonlarning bir-biriga ta’siri kuchli bo’lishiga ishonch hosil qiladi?
1930-yilda
1925-yilda
1932-yilda
1935-yilda
3. Birinchi milliy trening laboratoriyasi qachon va qayerda ochilgan?
1947-yil AQSHda
1946-yil Rossiyada
1948-yil Angliyada
1947-yil Fransiyada
4. 1970-yillarda “Harakatni anglash”, “Guruhiy samaradorlik”, “Liderlik amaliyoti” kabi nomlar bilan mashxur bo’lgan treninglar muallifini aniqlang?
Aleksandr Everett
Trigan Barrou
Jozef Pratt
Karl Rodjers
5. Individual treninglar, kichik guruhli treninglar va katta guruhli treninglar treningning qaysi turiga kiradi?
Ishtirokchilarning soniga qarab klassifikatsiyalangan treninglarga
Hal qilinadigan muammosiga ko’ra treninglarga
Ishtirokchilarning jalb qilinishiga ko’ra treninglarga
Treningning davomiyligiga ko’ra treninglarga
6. Treninglar ishtirokchilarning jalb qilinishiga qarab nechiga bo’linadi?
Ochiq va yopiq
Mutaxassislar uchun
Rahbarlar uchun
Kattalar va o’quvchilar uchun
7. Trening davomiyligiga ko’ra treninglar qanday turlarga bo’linadi?
Bir martalik va doimiy treninglar
Katta guruhli treninglar va kichik guruhli treninglar
Ochiq va yopiq treninglar
Mutaxassislar, rahbarlar va talabalar uchun treninglar
8. … treninglarning maqsadi murojaat qilgan shaxsning psixologik muammosini hal etish, uning o’z-o’zini anglashiga va yangi, baxtli hayot boshlashiga ko’mak berishdan iborat.
Korreksion treninglar
Ta’lim treninglari
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar
Biznes treninglar
9. … - bu trening ishtirokchilarga o’zining atrofidagilar, oilasi, yaqinlari va o’z-o’zi bilan muloqot san’atiga o’rgatuvchi treninglardir.
a)Ijtimoiy-psixologik treninglar
b)Kommunikativ treninglar
c)Professional treninglar
d)Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar
10. Tashkiliy qismdagi asosiy jihatlar nimalardan iborat?
a)Trening mashg’ulotining davomiyligi, trening o’tkaziladigan xona, ishtirokchilarning jinsi, yoshi va soni
b)Guruhni yig’ish va tashkil etish
c)Guruhiy normalarni ishlab chiqish, kutuvlarni aniqlash
d)Trening dasturi va rejasini tuzish
11. Trening jarayonida guruh a’zolari soni nechta bo’lgan guruh ma’qul variant hisoblanadi?
a) 8-10 kishidan 19-20 nafargacha
b) 8-10 kishidan 13-15 nafargacha
c) 6-7 kishidan 19-20 nafargacha
d) 6-7 kishidan 13-15 nafargacha
12. Eng ideal, ya’ni trener ishlashi uchun yengil va yuqori samaraga erishish mumkin bo’lgan guruh a’zolari soni nechta bo’lishi kerak?
a) 13-15 ta
b) 19-20 ta
c) 8-9 ta
d )6-7 ta
13. … - bu ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi trening jarayonida ijobiy muhit yaratilishiga olib keladi.
a)Treningda ishtirokchilar jinsi
b)Treningda ishtirokchilar yoshi
c)Treningda ishtirokchilar soni
d) Treningning davomiyligi
14. … ijtimoiy-psixologik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: “Trening – shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir”.
L.A. Petrovskaya
G.A. Kovalev
B.D. Parigin
K. Levin
15. Treningni birinchi kuni necha bosqichda tashkil etiladi?
3 bosqichda
4 bosqichda
2 bosqichda
5 bosqichda
16. Guruhiy normalarni qabul qilishda trener asosan qaysi usuldan ko’proq foydalangan holda fikrlarni yig’ishga harakat qiladi?
a)Aqliy hujum
b)Bahs-munozara
c)Suhbat
d)Ma’ruza
17. Treningni maqsadi – bu …
a)Muommolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar hosil qilish
b) Muammoning oldini olish uchun zarur bo’lgan bilimlarni oshirish
c) Muammolarning echim variantlarini ishlab chiqishga o’rgatish
d) Muammodan chiqishga o’rgatish
18. Trening mashgulotlari o’tkaziladigan xona qanday bo’lishi kerak?
a) Mashgulot o’tkazga mo’ljallab maxsus jihozlangan va izolyatsiyalangan bo’lishi kerak
b) Sinf, auditoriya yoki xonadondagi biror xona bo’lishi mumkin
c) Biror tashkilotning izolyatsiyalangan maxsus tadbirlar zali bo’lishi kerak
d) Muhimi akvarium bo’lishi kerak, qolgan narsalar trening o’tishiga xalaqit bermaydi
18. Guruxiy normalar qachon qabul qilinadi?
a) Normalar xar kuni vaziyatga karab uzgartiriladi
b) Treningni birinchi kunida
c) Trening boshlanishidan 1 kun oldin tayyorlanadi
d) Normalar trening rejasi tuzilganda tuzilishi shart
19. Guruhning bilim darajalarini aniqlab olish va treningdan nimalar kutishayotganini bilish uchun qaysi usulni qo’llash kerak?
a) Bahs-munozara o’tkazish kerak
b) Psixogimanstik mashq o’tkazish kerak
c) Aqliy hujum usulini qo’llash kerak
d) Qor uyumi usulini qo’llash kerak
20. Psixogimnastik mashq usulining maqsadi- …
a) 2Guruhni faolloshtirish
b) Guruh motivini aniqlash
c) Guruh sardorini aniklash
d) Guruh bilimini aniqlash
3-topshiriq. Muloqot mavzusida trening uchun reja va dastur tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |