Sid haqidagi romanlar va poema (Mening Sidim haqida qo‘shiq) qadimgi ispan xalq poeziyasining ajoyib namunalaridir. Sid tarixiy shaxs bo‘lib, uning asl ismi Rodrigo (Ruy) Dias. Sid esa uning laqabidir. O‘z qaramog‘ida marvlar bo‘lgan ispan senyorlariga shunday nom berilgan. Sid 1040-yilda Kastiliya zodagonlari oilasida tug‘ilgan. U qirolning yaqin ayoni va qo‘shin boshlig‘i sifatida marvlarga qarshi kurashida qatnashgan. Butun Ispaniyani dushmandan ozod etish janglarida ko‘p qahramonliklar ko‘rsatgan Sid 1099-yilda vafot etadi. Sid rekonkista harakatining yirik arbobi, Ispaniyaning mustaqilligi uchun kurashgan milliy qahramon sifatida mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |