“Sid haqida qo’shiq” Asar ispan qahramonlik eposi hisoblanadi. VIII asrda Ispaniyani bosib olgan marvlar (arablar) Pireniy yarim orolida qudratli davlat barpo etadilar. Ispaniyaning zabt qilinmagan shimoliy qismida VIII - IX asrlar davomida Asturiya va Navarra davlatlari mustahkamlana boshlaydi. Rekonkista harakatida turli ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa dehqonlar katta hissa qo‘shadilar. Xalq ommasidagi vatanparvarlik hissi pomeshchiklarga qaramlikdan ozod bo‘lish harakati bilan qo‘shilib ketadi. Dehqon, kosib va mayda ritsarlar hamma vaqt jangovar vaziyatda turadilar. Dushmandan ozod etilgan viloyatlarning chegaralarini qo‘riqlaydilar. Biroq ozod etilgan olingan o‘ljalar asosan feodal va ruhoniylar qo‘liga qarar edi. Ispaniyada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, feodallar o‘rtasidagi o‘zaro janjallar, arablarga qarshi rekonkista harakati ispan qahramonlik eposida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |