Birinchi – karolinglar siklidagi qo‘shiqlarda mamlakatning tashqi va ichki dushmanlariga qarshi kurashgan qirol obrazi namoyon bo‘ladi. Ikkinchi – Gilgom de Oranj haqidagi poemalar siklidagi vatanga sadoqat hissi bilan to‘lgan lekin mamlakatning birligini saqlashda ojizlik qilayotgan monarx (qirol)ga yordam berishga tayyor turgan qobiliyatli vassalqahramon obrazi aks etadi. Doona de Mayans nomi bilan yuritiladigan uchinchi sikl (Raul de Kambre, Lotaringlar deb ataladigan poemalar) da esa bir-birlari bilan qonli urushlar olib boruvchi, shuningdek, qirolga qarshi kurashuvchi isyonkor feodallar tasvirlanadi, ularning xatti-harakatlari qoralanadi. . Karolinglar siklidagi qo‘shiqlarda va umuman butun fransuz qahramonlik eposida ― “Roland haqida qo‘shiq” juda katta o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |