4-variant 4-variant

“Roland haqida qo’shiq”ning yaratilish tarixi

Download 0.91 Mb.
bet4/13
Sana01.11.2021
Hajmi0.91 Mb.
#169877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-oraliq

“Roland haqida qo’shiq”ning yaratilish tarixi:

Qo’shiqning yaratilish tarixi: Xalq badiiy ijodining ajoyib namunasi sifatida ma‘lum va mashhur bo‘lgan asar 4002 misradan iboratdir. Poemaning dastlabki nusxasi Oksford teksti hisoblanadi. U Angliyada 1170-yillarda yozib olingan. Poemaning o‘zi XI asr oxiri va XII asr boshlarida yaratilib, asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan, u so‘nggi davrlrda badiiy tomondan mukammallashtirilib ixcham shaklga keltirilgan.

Qo‘shiqda Fransiya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, aziz Fransiya uchun jon fido qilgan qahramon Roland ulug‘lanadi. Feodal tarqoqlik hamda o‘zboshimchalik hukm surgan bir vaqtda mamlakatning birligini tiklash uchun jafokash ommaning markazlashgan hukumat atrofiga uyushtirilishi ijobiy hodisa edi, shuning uchun ham F.Engels ta‘kidlaganidek, qirollik hokimiyati tartibsizlik ichida tartib vakili edi.

Qo‘shiqda voqealar xalq eposiga xos tarzda mubolag‘a bilan beriladi, qahramonlar (Roland, Oliver, Karl) favqulodda qudratli , zabardast qilib ko‘rsatiladi. Roland sodiq vassal, har qanday og‘ir vaziyatda ham vatanini himoya qilishdan qaytmaydigan, qahraton sovuqqa ham, jazirama issiqqa ham bardosh beradigan mard va jasur jangchidir. Rolandning jo‘shqin vatanparvarligi sotqin feоdal Ganelonning munofiqligiga qaramaqarshi qo‘yiladi. Qo‘shiqda muhim o‘rin tutgan Ganelon obrazida zamonning siyosiy ziddiyatlari va feodal o‘zboshimchaliklari qoralanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling